HAMJIHATLIK VA AMALIY HAMKORLIK RUHINI SAQLASH
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78–sessiyasidagi Davlatimiz rahbarining nutqini oʻzbek xalqi katta qiziqish bilan tingladi. Assosiy maqsad- hamjihatlik va amaliy hamkorlik ruhini saqlash, umumiy manfaatlarni mavjud ziddiyatlardan yuqori qoʻygan holda mamlakatlarni jipslashtirishdir. Oʻzbekiston va BMT oʻrtasidagi hamkorlik misli koʻrilmagan yuksak darajaga chiqdi. Qariyib birgalikda 140 ta dastur va loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 6 ta rezolyutsiyasi qabul qilindi. Mamlakatimiz huquqiy, dunyoviy, demokratik va ijtimoiy davlat boʻlish Yangi Oʻzbekistonni barpo etish siyosatini qatʼiy davom ettirmoqda.Biz “Inson qadri va manfaatlari uchun” degan ezgu gʻoya asosida demokratik va adolat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tub islohotlar yoʻlidan dadil bormoqdamiz.
Yurtimizni yanada rivojlantirish uchun “Oʻzbekiston-2030” taraqqiyot strategiyasini qabul qildi. Bu strategiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Barqaror rivojlanish maqsadlari” ga uygʻun.Barqaror oʻsish surʼati 2030 yilgacha yana 2 barobarga oshirishi aytildi. 2017 yildan buyon kambagʻallik ikki barobarga kamaydi. Aholini ichimlik suvi, sogʻliqni saqlash, taʼlim va boshqa ijtimoiy xizmatlar bilan taʼminlash koʻlami bir necha bor oshiriladi. Taʼlim tizimi tubdan oʻzgarmoqda. Oʻtgan olti yilda maktabgacha taʼlimdagi qamrov 21% dan 70% ga, oliy taʼlimda esa 9% dan 38% ga yetdi. 2030 yilgacha har bir bola bogʻchaga qatnaydi. Maktabni bitirayotgan har ikki oʻquvchining biri talaba boʻlishiga imkoniyat yaratiladi.
Mamlakatimizda gender tenglikka erishish borasida ham tizimli ishlarni olib borilmoqda.Oʻtgan yili oliygohlarga qabul qilingan talabalarning 49%ini qizlar tashkil etdi. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi birinchi marta 35%ga yetdi.Ayollar va voyaga yetmaganlarni zoʻravonlikdan himoya qilish maqsadida alohida qonun qabul qilindi.Diyorimiz jahon ilm-fan rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan, islomni ilm-maʼrifat va tinchlik dini sifatida namoyon etgan Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiy singari ulugʻ alloma va mutafakkirlar vatani.Buyuk olimlarning boy merosini oʻrganish, islomning asl insonparvarlik mogʻiyatini chuqur ochib berish maqsadida, Davlatimiz rahbari 2024 yil Oʻzbekistonda “ Islom –tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazish tashabbusini ilgari surdi.Bundan tashqari savdo-investitsiyaviy faoliyatni kuchaytirish, loyihaviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, mintaqada transport yoʻlaklarini rivojlantirish, “yashil” kun tartibini ilgari surish, inson huquqlari va gender tenglikni taʼminlash, taʼlim dasturlarini kengaytirish, Afgʻonistondagi vaziyatning tinch yoʻl bilan hal etilishiga koʻmaklashish kabi butun mintaqa rivoji uchun strategik ahamiyatga ega ustuvor yoʻnalishlar koʻrsatib oʻtildi. Uchrashuv yakunida mintaqa mamlakatlari va AQSH oʻrtasidagi oʻzaro anglashuvni yanada chuqurlashtirish va amaliy sheriklikni kengaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Xulosa qilib aytganda, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar va gʻoyalar davlatlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishga hamda fuqarolar farovonligini taʼminlashga xizmat qiladi.
Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik
masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi
Zarbdor tuman Kengashi deputati
Nilufar Allamuratova