Majburiy ijro byurosi olti yoshda
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 29.05.2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etilishi sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimining istiqbolli kelajagini belgilab berdi.
Qisqa davr ichida Byuro organlari eng avvalo jamiyat, fuqaro manfaatlari himoyasini hamda mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlovchi huquqni muhofaza qiluvchi organ sifatida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.11.2020 yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-6118-sonli Farmoni qabul qilinib, Byuro organlariga yanada mas’uliyatli vazifa hamda vakolatlar belgilab berildi.
Byuroning Jizzax viloyat boshqarmasi organlari tomonidan sudlar va boshqa vakolatli organlarning mulkiy va nomulkiy undiruvlar bilan bog‘liq qarorlari ijrosini so‘zsiz ta’minlash, shu jumladan vakolatli organlar tomonidan davlat foydasiga undirilishi belgilangan mablag‘larni majburiy undirib borishga qaratilgan barcha chora-tadbirlar ko‘rib borilmoqda.
Majburiy ijro byurosi tashkil etilgan kunidanoq, jamoatchilikning e’tiborida bo‘ldi. Yaxshi bilamiz jamiyatimizda adolatning qaror topishi ko‘p jihatdan amaldagi sud qarorining ijrosiga bog‘liq.
Davlatimiz rahbarining 24.11.2020 yildagi PF-6118-sonli Farmoniga asosan 2020 yilning 1 dekabridan boshlab, jinoyat natijasida davlatga yetkazilgan zarar, davlat bojlari, jinoiy va ma’muriy jarimalar hamda davlat foydasiga undiriladigan boshqa turdagi mablag‘larning 50 foizi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirib borilmoqda.
Bugungi kunda, ijro hujjatlarining yagona elektron bazasi to‘liq ishga tushirilib, hamkor idora va muassasalar bilan yagona elektron hamkorlik tizimi orqali Byuroning “MIB-Portal” dasturi idora va tashkilotlarning 63 ta axborot tizimlariga integrasiya qilindi.
Mas’ul davlat organlari bilan o‘zaro ma’lumot hamda hujjatlar almashish, murojaatlarni qabul qilish va ijro ishlarini yuritish hajmini yengillashtirish maqsadida, “MIB Portal” elektron dasturiy tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu jarayon avvalo hodimlarning ish hajmini osonlashtirish va ijro ishlari mexanizmini soddalatirish, ma’lumotlar ayirboshlash va aksariyat ishlarimizning elektron va shaffof tarzda yuritilishiga imkon bermoqda. Bu esa, o‘z-o‘zidan ishimizdagi undiruvlarning natijadorligiga xizmat qiladi.
2022 yil 1 iyuldan Majburiy ijro byurosi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda “Aliment to‘lovlari” davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etilib, va unga Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 50 mlrd. so‘m ajratilish belgilandi.
Fuqarolarga yanada qulay bo‘lishi uchun rasmiy saytimizdagi qarzdorliklar, cheklov va ijro monitoringi kabi ma’lumot olish mumkin bo‘lgan imkoniyatlarni MIB.UZ maxsus dasturi orqali mobil aloqa vositasida ham yo‘lga qo‘yildi.
Bo'lim boshlig'i A.T.To'ychiyev