Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Zarbdor tumanidagi fermer, dehqon xo‘jaliklar va tomorqa yer egalariga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Zarbdor tumanidagi fermer, dehqon xo‘jaliklar va tomorqa yer egalariga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

14 октябрь 2023 йил
244
0

Seminarda O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  rahbarligida  joriy  yilning 11-oktyabrida  o‘tkazilgan  videoselektorda  “Yashil  makon”  umummilliy loyihasi  doirasida  belgilangan  vazifalarni  bajarish  va  O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2023-yil  12-apreldagi  PQ-121-son  “Qishloq xo‘jaligi  korxonalari  dala  chetlaridagi  yer  maydonlarida  mahsulot yetishtirish  tizimini  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘grisida”gi qarorini  amalga  oshirish  maqsadida  “Qishloq  xo‘jaligi  korxonalariga ijaraga  berilgan  yer  uchastkasining  dala  chetlari,  shu  jumladan,  ichki kollektor,  roshlar,  ariq  bo‘ylari  va  boshqa  bo‘sh  turgan  yerlarga  daraxt  ko‘chatlari  ekishni  tashkil etish hamda ikkilamchi  ijaraga berish ishlarini tashkillashtirish hamda 2024-yil hosili uchun to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlari ekishni tashkil qilish yuzasidan Zarbdor tumani Sharq Yulduzi FXHU hududidagi “Nodir Ruxshona” fermer xo‘jaligida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda tuman hokimi Z.Ro‘ziyev, tuman prokurori R.Masharipov, tuman IIB boshlig‘i E.Axmedov, tuman DSI boshlig‘i B.Qulmatov, tuman tashkilot rahbarlari, MFY raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqa yer egalari Zarbdor tuman Kengashi raisi S.Xodjikulov, buxgalteriya markazi direktori Sh.Abdullayev, fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yuritish markazi hisobchilari, IIB inspektorlari, FXHU raislari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari qatnashdi. 

Seminarda tuman xokimi Zafar Ruziyev fermer xo‘jaliklarining dala chetlariga ko‘chatlar ekish, fermer, dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalaridan samarali foydalanish borasida tavsiyalarni berarkan, bu borada “xonadonbay” ishlash zarur ekanligi aloxida ta’kidladi. Shu bilan birgalikda xar bir maxallalarda “bir ko‘cha-bir maxsulot” tamoyili asosida ish olib borib, tomarqadan unumli foydalanish bo‘yicha namunali ko‘chalar tashkil etish topshirig‘i berildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар