Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95

ODAM SAVDOSI – DAVR MUAMMOSI

24 октябрь 2023 йил
202
0

Bugungi kunda asr muammosiga aylangan odam savdosiga qarshi kurash nafaqat mahalliy, balki xalqaro darajadagi inson huquq va erkinlarini ta’minlashdagi asosiy masalalardan biridir. Achinarlisi, ushbu illatni oldini olishga qaratilgan keng qamrovli huquqiy targ‘ibot tadbirlari olib borilishiga qaramay, millionlab insonlar odam savdosi qurboniga aylanmoqda. Mazkur jinoyatning rivojlanishiga sabab bo‘layotgan omillardan biri fuqarolarning xorijga borish va mehnat qilishning tartib-qoidalari xususida yetarlicha ma’lumotlarga ega bo‘lmasligi hamda firibgarlar tuzog‘iga ilinib qolishidadir. 

 

Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda ham odam savdosini oldini olish va unga qarshi kurashish borasida ulkan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

2020 yil 17 avgust kuni O‘zbekiston  Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi. Qonunning maqsadi odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Qonunning 3-moddasida ushbu hujjatda qo’llanilgan asosiy tushunchalar ko’rsatilgan:

voyaga yetmagan shaxs savdosi — «odam savdosi» degan tushunchada ko’rsatilgan ta’sir o’tkazish vositalaridan foydalanilgan-foydalanilmaganligidan qat’i nazar, har qanday harakat yoki bitim bo’lib, ular vositasida voyaga yetmagan shaxs ota-onasi, boshqa qonuniy vakili yoki o’zga shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda undan foydalanish maqsadida yoxud moddiy yoki boshqa naf olish maqsadida boshqa shaxsga haq evaziga beriladi;

kelib chiqish mamlakati — hududidan odam savdosidan jabrlanganlarni olib chiqish amalga oshirilgan yoki fuqarolari odam savdosidan jabrlangan davlat;

majburlash — majburlanayotgan shaxsni uning irodasiga qarshi yoki irodasini chetlab o’tib, biror-bir harakatni amalga oshirishga yoki biror-bir harakatni bajarishni majburlovchi shaxsning yoki boshqa shaxslarning foydasi uchun rad etishga undash maqsadidagi jismoniy, ruhiy, jinsiy va iqtisodiy zo’ravonlik yoki ularni qo’llash tahdidi;

odam savdosi — kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud majburlashning boshqa shakllaridan foydalanish, o’g’irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste’mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun to’lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og’dirib olish yo’li bilan odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish. Odamlardan foydalanish boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning o’zga shakllarini, majburiy mehnatni yoki xizmatlarni, qullikni yoxud qullikka o’xshash odatlarni, erksizlik holatini yoxud inson a’zolarini va (yoki) to’qimalarini olishni anglatadi;

odam savdosidan jabrlangan shaxs — odam savdosidan, bunday harakatga rozilik berganligi-bermaganligidan va jinoyat prosessida ishtirok etganligi-etmaganligidan qat’i nazar, jabrlangan jismoniy shaxs;

odam savdosidan jabrlanganlarni identifikasiya qilish — jismoniy shaxslarga nisbatan amalga oshiriladigan, ularga nisbatan odam savdosi sifatida malakalanadigan xatti-harakatlar sodir etilganligi to’g’risida yoki sodir etish niyati haqida ma’lumotlar olishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;

odam savdosiga qarshi kurashish — odam savdosining oldini olishga, uni aniqlashga, unga chek qo’yishga, uning oqibatlarini kamaytirishga, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko’rsatishga doir faoliyat;

odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs — dastlabki identifikasiya qilish natijasida odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs sifatida tan olingan jismoniy shaxs;

odam savdosi bilan shug’ullanuvchi shaxs — mustaqil ravishda yoki bir guruh shaxslar tarkibida odam savdosi bilan bog’liq har qanday harakatni sodir etuvchi jismoniy shaxs, shuningdek o’z harakatlari bilan odam savdosiga ko’maklashayotgan, xuddi shuningdek garchi o’z mansab vakolatlariga ko’ra to’sqinlik qilishi va qarshi kurashishi shart bo’lsa-da, odam savdosiga to’sqinlik qilmayotgan va qarshi kurashmayotgan mansabdor shaxs.

Ushbu qonunnin 6-moddasida odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo’yicha milliy komissiya huquqiy maqomi ko’rsatilgan, ya’ni Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo’yicha milliy komissiya davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial organdir.

Milliy komissiyaning qarorlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan bajarilishi shart, nodavlat notijorat tashkilotlari uchun esa tavsiyaviy xususiyatga ega.

Milliy komissiya:

Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo’yicha kichik komissiyadan;

Majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari bo’yicha kichik komissiyadan iborat.

Milliy komissiyani shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

Bundan tashqari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlarda (shaharlarda) Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo’yicha hududiy komissiya ham faoliyat olib boradi.

Qonunning 10-moddasida odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari belgilangan,ya’ni Odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat: O‘zbekiston  Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;

O‘zbekiston  Respublikasi Bosh prokuraturasi;

O‘zbekiston  Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;

O‘zbekiston  Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi;

O‘zbekiston  Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston  Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari;

O‘zbekiston  Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi.

Odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni qonunchilikka muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshirishi mumkin.

Shu bilan birga odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshirayotgan davlat organlariga ko’maklashish, Odam savdosining oldini olish, ma’lumotlarning yagona axborot bazasi, odam savdosidan jabrlanganlarni identifikasiya qilish, odam savdosidan jabrlanganlarni himoya qilish va ularga yordam ko’rsatish, jabrlanganlarning xavfsizligi choralari va ularga taqdim etiladigan boshqa kafolatlar, voyaga yetmaganlar savdosiga qarshi kurashishning o’ziga xos xususiyatlari, odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik aniq bayon etilib belgilab berilgan.

Hozirgi vaqtda bizning mamlakatimizda ham Xalqaro hujjatlar va mazkur qonunga asoslangan holda odam savdosiga qarshi kurash samarali olib borilmoqda.

Sh.X.Mirzaaxmedov

Jinoyat ishlari bo'yicha

Zarbdor tuman sudining raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар