Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Tomorqadan unumli foydalanish tahlili

Tomorqadan unumli foydalanish tahlili

28 октябрь 2023 йил
188
0

Aholi tomorqalarida mahalladagi “beshlik” rahbarlar bilan tomorqalardan foydalanish holatlarini tahlil qilish, ilg‘or ajribalarni ommalashtirish, aholi tomorqalarida serdaromad ekinlar ekilishini tashkil qilish yuzasidan ishchi guruhning tumanda o‘rganish o‘tkazdi. 

Aholini ertangi sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish maqsadida hosildan bo‘shagan maydonlarga sovuqqa chidamli ekinlardan shu kunlarda piyoz, sarimsoqpiyoz hamda noyabr-dekabr oylarida to‘qsonbosti ekinlaridan sabzi, osh lavlagi, ko‘katlardan – kashnich, petrushka, salat, rediska va karam ekib, yetishtirish yaxshi foyda keltirishini mahallalardagi namunali xonadaonlarda mahalla “beshligi” va “ko‘chaboshi” lar ishtirokida seminarlar tashkil qilinmoqda.

Aholining sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2024-yil hosili uchun hozirdan harakatga kirishish, to‘qsonbosti ekinlarini o‘z vaqtida ekib, agrotexnik tadbirlarni bajarish zarurligi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilmoqda. Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, tumanning Oybek va Lalmikor mahallalari tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha namunali deyish mumkin. Tuman  aholisining tomorqa maydonining 784 gektarni, shundan 527 gektariga to‘qsonbosti sabzavot ekinlarini ekish ko‘zda tutilgan, avgust-sentabr oylarida ekish rejalashtirilgan 302 gektar aholi tomorqalariga to‘qsonbosti ekinlari 100 foiz, jumladan piyoz, sarimsoqpiyoz, turli xil ko‘katlar va urug‘lar ekilgan. Qolgan 225 gektar tomorqa maydoniga to‘qsonbosti ekinlarini ekish noyabr-dekabr oylariga belgilangan.

Aholi tomorqalariga to‘qsonbosti ekinlarini ekish agrotexnikasi va serdaromad ekin turlari, hosildorlik va daromadi to‘g‘risidagi tarqatma materialar seminar ishtirokchilariga tarqatildi. Hamda namunali tomorqachi Xolmurodov Baxrom o‘z tajribsaini seminar ishtirokchilariga ko‘rsatib berdi. Seminarda ishtirok etgan ko‘shni mahalla “beshligi” o‘z mahallalarida ushbu tajribani joriy qilish bo‘yicha malaka oshirdilar.

Ayniqsa qarovsiz va to‘qsonbosti ekinlar ekishga yer tayyorlamagan xonadonlar bo‘yicha alohida tizimlish ish tashkil qilishni kelishib oldilar.

Seminar tashkilotchilari X.Abdusamadov  va A.Mamirov ishtirokchilari o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi hamda tomorqadan samarali foydalanish, “Bir mahalla bir maxsulot” tamoyili asosida ishlarni tizimli tashkil qilish tavsiyalari berildi.

O‘rganish natijasida tumanning Oybek MFY  Tadbirkorlar ko‘chasidan- Xolmurodov Baxrom 2 sotix, Qodirov Safar 3 sotix, Abdujamilov Asror 1.5 sotix tomorqa maydoniga to‘qsonbosti ekinlarini ekib namuna sifatida ko‘rsatildi. 

Xolmurodov Baxrom o‘z xonadonidagi  2 sotix yer maydonida issiqxona tashkil qilgan bo‘lib, yil davomida bir necha marta xosil oladi. Jumladan erta baxordan pamidor va bulg‘or qalampiri urug‘larini qadab sentabr oyi oxirigacha o‘z xonadonida yetishtirgan maxsulotlarini bozorga sotib o‘z oila daromadini oshiradi. Kuzning salqin kunlari boshlanishi bilan Ushbu tomorqa maydonida kuzgi shudgorlash ishlarini bajarib, to‘qsonbosti ekinlarini ekish ishlarini boshlaydi. Shumladan ayni kunlarda Xolmurodovlar xonadonida piyoz, shivit, lavlagi kabi bir qator to‘qsonbosti ekinlar ekilib ko‘zni quvontiradi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар