Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishida yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi
Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi
Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi sababli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar qoplanishi to‘g‘risida bir nechta qonun hujjatlari mavjud bo‘lib, shu qatori O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 47-moddasida Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga egaligi, hyech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanishi belgilangan. Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqidaga qarori bilan tasdiqlangan Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga ko‘ra davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun markazlashtirilgan jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish belgilangan. Mazkur Nizomning 2-bobiga ko‘ra jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha Respublika jamg‘armasi va hududiy jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirilishi ko‘rsatilgan. Bunda Respublika jamg‘armasi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasi mablag‘larining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda respublika byudjeti va respublika byudjetining qo‘shimcha manbalari mablag‘lari;
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik va xayriya yordamlari tarzidagi mablag‘lar xisobidan shakllantiriladi. Hududiy jamg‘armalar esa:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zaxira jamg‘armalari mablag‘larining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining qo‘shimcha manbalari mablag‘lari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va viloyatlar mahalliy byudjetlarining maxsus g‘azna hisob raqamlariga qo‘shimcha manba sifatida o‘tkaziladigan «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan mablag‘lar;
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik va xayriya yordamlari tarzidagi mablag‘lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantirilishi ko‘rsatilgan.
Sh.X.Begmatov
Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi