Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Zarbdor tumanida Ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Zarbdor tumanida Ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

30 ноябрь 2023 йил
62
0

Ekstremizm va radikalizmga qarshi kurash yo‘nalishida o‘tkazilgan tadbirda Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari L.E.Ahmadjonov, viloyat IIB bo‘lim boshlig‘i J.Abdullayev hamda Zarbdor tuman hokim Z.Ruziyev bilan hamkorlikda tumani hokimligi zalida tumanda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, Ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashish bo‘yicha tuman hokimining o‘rinbosarlari, mahalla raislari, mahalladagi xotin-qizlar faolari, yoshlar yetakchilari, tumanda faoliyat yuritayotgan korxona, tashkilot, muassasalar va bozorlar rahbarlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.  

Mazkur tadbirda ishtirokchilarga yangi taxrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunnining mazmun moxiyati, respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, yoshlarni har-xil oqimlarga tushib qolishini oldini olish va dress-kod talablariga rioya qilish kerakligi tushuntirildi hamda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish jarayonida ular tomonidan aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining 2020-yildagi Qarori bilan ekstremistik materiallar sirasiga kiritilgan kitoblar, disklar va boshqa turdagi noqununiy adabiyotlardan foydalanmasliklari aytib o‘tildi. Shuningdek, tadbir davomida mutasaddilarga yoshlar orasida diniy mutaassiblashib ketish holatlari va jinoyatchilikning oldini olish, yoshlarning ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan tushuntirish va profilaktik tadbirlarni tashkil etish, yoshlar va ularning oila a’zolari bilan profilaktik ishlarni amalga oshirish yuzasidan targ‘ibot tadbirlarini muntazam o‘tkazib borish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Tadbir davomida, “Terrorizm va ekstremizm - jamiyat taraqqiyotiga tahdid” nomli videorolik namoyish etildi. 

Tuman din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassis I.Xosilbekov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар