Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » YOSHLAR DAFTARI - IMKONIYATLAR DAFTARI

YOSHLAR DAFTARI - IMKONIYATLAR DAFTARI

15 ноябрь 2023 йил
70
0

Zarbdor tuman hokimligida “Yoshlar dafatari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida “Yoshlar jamg‘armasi”dan ajratilgan mablag‘larning sarf etilishi to‘g‘risida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda mahalliy jurnalistlar, blogerlar, ota-onalar va faollar ishtirok etdi.

 

Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra:

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida tuman va shaharlarda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tumanlar (shaharlar) mahalliy byudjetlarida shakllangan qo‘shimcha manbalarning kamida 15 foizi mikdorida har chorakda ajratiladigan mablag‘lar;

– xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak mablag‘lari va grantlari;

– homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Jamg‘arma mablag‘lari:

– “Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli qiyin yoshlarga bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi o‘rinlarda - BHM) 4 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatishga;

– yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlariga sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismini qoplashga yo‘naltiriladi. Bunda yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitish xarajatlarining har bir bitiruvchiga BHMning 4 baravaridan ortiq bo‘lmagan qismi, kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning bir oygacha, bir oydan ikki oygacha, ikki oydan ortiq muddatli o‘quv kurslari uchun tegishlicha BHMning 4, 8, 12 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi qoplanadi;

– “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga BHMning 8 baravarigacha miqdorda urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun subsidiya ajratishga;

– “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati hamda o‘zini o‘zi band qilish maqsadida noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarini ko‘pi bilan bir yilda BHMning 25 baravarigacha miqdorda qoplashga;

– “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;

– mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berishga;

– “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning ahvoli og‘ir bo‘lgan bemor farzandlariga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplashga;

– psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilotlar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan pullik psixologik xizmat ko‘rsatilishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga;

– yoshlarning ehtiyojlari va xohish-istaklarini o‘rganish natijalari bo‘yicha ularning iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash, besh muhim tashabbusni ro‘yobga chiqarish va uning doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirishga;

– qonunchilik xujjatlari bilan belgilangan boshqa xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi.

Jamg‘armaning daromad va xarajatlari yillik parametrlarini, ularning ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni, yillik ish rejalarini tasdiqlash hamda Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa vakolatlar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Vasiylik kengashi tomonidan amalga oshiriladi.

Tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - Vasiylik kengashi raisi, tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari — Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i - Vasiylik kengashi mas’ul kotibi hisoblanadi. 

Davlatimiz rahbari tomonidan jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta’minlash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar ro‘yxati, ya’ni “Temir daftari”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ni shakllantirish vazifasi belgilanib, unga ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor bo‘lgan ishsiz yoshlar va xotin-qizlar kiritildi. 

Ayniqsa, yoshlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, ularni ijtimoiy-huquqiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlash ishlarini samarali tashkil etishning doimiy moliyaviy manbalari va ulardan foydalanish tartibi  belgilab berildi. 

 

Zarbdor tumanida ham bu borada tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, daftarga kiritilgan fuqarolarga yaqindan yordam ko‘rsatilib, qo‘llab-quvvatlanmoqda. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida  tumandagi yoshlar jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan joriy yilning 10 oyi davomida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy yordamga muhtoj va bandligi ta’minlanmagan oila farzandlaridan 23 nafar yoshlarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun 23.0 mln, 70 nafar yoshlarga bir martalik moddiy yordam uchun 81.0 mln, 3 nafar yoshlarga Tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitish uchun 1.0 mln. 7 nafar yoshlarga turar va noturar joy ijarasi kompensatsiyasi uchun 12.0 mln, 4 nafar yoshlarning o‘zini o‘zi band qilish uchun 52.1 mln, Oliy ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan 100 nafar yoshlarning Ta’lim to‘lov-kontrakti uchun 237.5 mln. 68 nafar yoshlarni Zamonaviy kasb, IT va horijiy til o‘quv kursi kompensatsiyasi uchun 68.0 mln, 23 nafar yoshlarning Fuqarolik pasporti (biometrik pasport) olish badalini qoplash uchun 7.0 mln, 34 nafar yoshlarning Davolanish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 201.0 mln, 19 nafar yoshlarning Safarbarlik chaqiruvi rezervi xarajatlari uchun 95.0 mln, Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun turli festivallari, forumlar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni moliyalashtirish uchun 158.0 mln, va boshqa yo‘nalishlarda yoshlarning muammolarini hal etish maqsadida 107.0 mln. so‘m mablag‘ qoplab berildi. 

Yaratilayotgan bu kabi imkoniyatlar uchun, muammolarning yechim topayotganligi va  orzu-istaklari ro‘yobga chiqayotganligi uchun yoshlar Prezidentimizga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Zarbdor tuman hokimligi Matbuot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар