Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » 25 noyabr – Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni

25 noyabr – Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni

25 ноябрь 2023 йил
206
0

Har yili dunyo bo‘yicha qator davlatlarda 25 noyabr –  Xalqaro  xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kunidan boshlab 10 dekabr – Inson huquqlari kunigacha bo‘lgan davrda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” xalqaro targ‘ibot kampaniyasi o‘tkaziladi.  

Xalqaro  va alohida davlatlar darajasida olib borilayotgan ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash va uning oldini olish global miqyosda inson huquqlari va gender tenglikni ta’minlashning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. 

Mamlakatimizda ham xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi bir qancha  ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib, keng jamoatchilikka gender tengligining mazmuni, mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlar va qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib borilmoqda.

Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan, yoshlarning zo‘ravonlik muammolari haqidagi xabardorlik darajasi, fuqarolarning xotin-qizlarga nisbatan, oiladagi zo‘ravonlik muammosiga munosabatini o‘rganish, shuningdek, davlatning xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha faoliyatiga aholining bahosini aniqlash maqsadida “Yoshlar zo‘ravonlik to‘g‘risida: fikrlar, qarashlar, xabardorlik» mavzusida telefon so‘rovi o‘tkazildi.  

Tadqiqotning aniqlashicha, yosh o‘zbekistonliklarning yarmi (49,5%) zo‘ravonlikni jamiyatda qabul qilib bo‘lmaydigan jiddiy muammo deb biladi, ularning 53,3%i shaharda, 42,9%i qishloq joylarda yashaydi. Shu bilan birga, tadqiqot natijalariga ko‘ra, respondentlarning yana bir qismi zo‘ravonlik muammosining jiddiyligini yetarlicha baholamadilar: so‘rov ishtirokchilarining 26,8%i zo‘ravonlik muammosi haqiqiy, ammo juda bo‘rttirilgan deb qayd qildi; respondentlarning 19,8%i bu muammoning mavjudligini inkor etadi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, barcha aholi guruhlari vakillari turli darajada zo‘ravonlikka duchor bo‘ladilar: ayollar, Erkaklar, bolalar, qariyalar, nogironlar. Shu bilan birga, ayollar zo‘ravonlik va shafqatsiz munosabatda bo‘linadigan fuqarolarning eng zaif toifalari hisoblanadi,  bu nuqtai nazarga respondentlarning 67,4%i qo‘shiladi. 30,2% respondentlarning fikricha, bolalar va o‘smirlar ham shafqatsiz munosabat qurboniga aylanishmoqda.

Telefon so‘rovining ko‘rsatishicha, yosh respondentlarning 43,5%i oilada ayollarga nisbatan shafqatsiz munosabat va zo‘ravonlik muammosi borligiga ishonadilar. So‘rov  ishtirokchilarining fikricha, jiddiy jismoniy zarar yetkazgan holda (16,6%) va ziyon yetkazmagan holda kaltaklash (shapaloq, tarsaki, chimchilash) (14,8%), doimiy kamsitishlar, tanqid (14,2%), urish-janjallar, qichqiriqlar (11,3%), og‘zaki tahdidlar (10,8%) kabi ayollarga nisbatan zo‘ravonlik turlari keng tarqalgan.

So‘rovning aniqlashicha, jamoatchilik fikriga ko‘ra, ayol hatto eri tomonidan zo‘ravonlikka duch kelsa ham, oila maskani posboni vazifasini bajarishi va oilaning buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Bunday vaziyatda, ko‘pchilik so‘rov ishtirokchilarining fikricha, ayol muammoning oldini olish uchun keskin choralar ko‘rmasligi kerak. Buning o‘rniga, u sabr-toqatli bo‘lishi va hech kimdan himoya izlamasligi(16,6%), mahalla qo‘mitasiga yordam so‘rab murojaat qilishi (30,8%), erining (5,0%) yoki o‘zining (13,3%) qarindoshlaridan himoya izlashi kerak. So‘rov davomida aniqlangan bunday qarashlar oilada zo‘ravonlik mavjud bo‘lishining yana bir omili hisoblanadi va ushbu hodisani yo‘q qilish yo‘lidagi jiddiy to‘siqdir.

Telefon  so‘rovining  ko‘rsatishicha, respondentlar davlatning zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha  faoliyatini ijobiy va uni yaxshilash zarurligini tushungan holda ijobiy baholaydilar. 

So‘rov ishtirokchilari tomonidan fuqarolarga, ayniqsa zo‘ravonlikka duch kelgan ayollar va qizlarga yordam berish bo‘yicha taklif qilingan chora-tadbirlar orasida ta’lim, zo‘ravonlik uchun jazo va qarindoshlarni jalb qilish bilan bog‘liq harakatlar mavjud. Shunga qaramay, aholi o‘rtasida xotin-qizlar va bolalar huquqlarini zo‘ravonlikdan himoya qilishning huquqiy asoslari, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha ishonch telefonlari to‘g‘risida keyingi ma’rifiy ishlarni olib borish muhim hisoblanadi.

So‘rovning  ko‘rsatishicha, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida zo‘ravonlikning har qanday shakllariga nisbatan murosasizlikni shakllantirish ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni bartaraf etishning muhim sharti hisoblanadi. Yoshlar bilan huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha ish olib borish, jinsidan qat’i nazar, barcha fuqarolar uchun yashash huquqi va daxlsizlik huquqini ta’minlashning ustuvorligini tushuntirish zarur. Ana shundan tushuntirish ishlarini olib borishda, dunyoqarashi shakllanish jarayonida bo‘lgan va ko‘p darajada buzg‘unchilik mohiyatiga ega, demokratik qadriyatlarga, milliy mentalitetga zid g‘oyalarni o‘z ichiga olgan va yoshlarga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan turli ommaviy axborot vositalari, internet resurslari, ijtimoiy tarmoqlar ta’siri doirasidagi o‘smirlar  bunday ish uchun asosiy maqsadli guruh bo‘lishi kerak. 

 

Sh.X.Mirzaaxmedov

Jinoyat ishlari bo'yicha Zarbdor tuman sudining raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH DOLZARB MASALADIR...
11 март 2024, Понедельник
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH DOLZARB MASALADIR...
ODAM SAVDOSI – DAVR MUAMMOSI
24 октябрь 2023, Вторник
ODAM SAVDOSI – DAVR MUAMMOSI
Odam savdosi - davr muammosi
29 апрель 2023, Суббота
Odam savdosi - davr muammosi
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар