Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » "Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsoli" shiori ostida tadbir

"Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsoli" shiori ostida tadbir

05 январь 2024 йил
65
0

Bugun 5-yanvar kuni Jizzax garnizoni harbiy qism, Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi jamoatchilik kengashi, Jizzax garnizoni faxriylar kengashi, Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo'yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari bilan birgalikda Zarbdor tumanidagi 1-umumta'lim  maktabida "Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsoli" shiori ostida  davra suhbati,  harbiylar tomonidan ko'rgazmali chiqish va konsert dasturi o'tkazildi. Tadbirda Jizzax viloyat faxriylar kеngashi raisi zaxiradagi podpolkovnik Ravshan Jakkbarov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo'limi bosh mutaxassisi, Zarbdor tuman Kengashi deputati Nilufar Allamuratova, Jamoatchilik kеngashi Jizzax viloyati mintaqaviy bo'linmasi mutaxassisi Feruza  Saparova va mahalla oqsoqoli Najmiddin Baratovlar  so'zga chiqib, milliy armiyamiz va yurtimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar haqida gapirib o'tib, barchani yaqinlashib kelayotgan Vatan himoyachilar kuni  bayrami bilan tabrikladi. Tadbirda Bo'ston shaharchasi aholisi, nuroniy otaxonlar, yoshlar va keng jamoatchilik   ishtirok etdi. Harbiy orkеstr jamoasi va Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo'yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari chiqishlari tadbir ishtirokchilariga ko'tarinki kayfiyat bag’ishladi. 

Zarbdor tuman Kengashi deputati Nilufar Allamuratova.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар