Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining ellik yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
2023-yil 19-sentyabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining ellik yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada tuman prokuraturasining tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish hamda huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasidagi 2023 yil 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari, Zarbdor tumani IIB tomonidan 2023 yil 6 oy davomida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-sonli qarori ijrosi, Zarbdor tuman mahalliy byudjetining 2023 yil 2-chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidagi mablag‘larni yo‘naltirish, Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi tomonidan 2023 yilning 1-yarim yildagi faoliyati, Yoshlar muammolarining hal etilishida ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi, Tumanda ta’lim tizimini yaxshilash va 2023-2024-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining ellik yettinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi va deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.