MAHALLANI QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA ZARBDOR TUMAN KENGASHINING TASHKILIY YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
Zarbdor tuman hokimligi katta majlislar zalida “Mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Zarbdor tuman Kengashining tashkiliy yig‘ilishi” bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni Xalq deputatlari Zarbdor tuman kengashi deputati Zokir Mullajonov boshqarib bordi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etish birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlash hamda mahalla uyushmasini faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tuzimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-soni qarori va 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli farmonidan kelib chiqadigan vazifalar haqida ma’ruza qildi.
Tashkiliy yig‘ilishda tuman hokimi Ruziyev Zafar Sharopovich so‘zga chiqib, mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyatini yanada kuchaytirish, mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Shundan so‘ng tuman ma’naviyat-ma’rifat markazi tuman bo‘limi boshlig‘i Abdurauf Xudoyberdiyev davlatimiz rahbari raisligida 2023-yil 22-dekabrda o‘tkazilgan respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan mahalla tizimi faollari zimmasidagi ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, tashkiliy yig‘ilishda mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jizzax viloyat Kengashi tashkiliy yig‘ilishida ishtirok etish uchun delegatlar saylandi.