Jaholatga qarshi ma’rifat
Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Joriy yilning 16-fevral kuni JDPU sirtqi bo’limi talabalari ishtirokida "Jaholatga qarshi ma’rifat" g‘oyasi asosida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilashga qaratilgan targ‘ibot – tashviqot tadbir bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, tuman hududlari bo‘ylab ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish bo‘yicha “Jaholatga qarshi ma’rifat” yo‘nalishida uzluksiz ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etilmoqda.