Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » O‘zbekiston Respublikasi Investisiya dasturini shakllantirish tizimini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Investisiya dasturini shakllantirish tizimini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari belgilandi

24 январь 2023 йил
235
0

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Investisiya dasturini shakllantirish tizimini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (16-son, 14.01.2023 y.) qabul qilindi.

2023-yildan boshlab investdastur monitoringi avtomatlashtirilgan onlayn-tizim orqali amalga oshiriladi.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Investisiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qarorga asosan, uch yillik investisiya dasturini shakllantirish quyidagi 6 ta bosqichdan iborat:
• I bosqich – 1 avgustga qadar investdasturning dastlabki ro‘yxati shakllanadi;
• II bosqich – 10 avgustga qadar shakllangan ro‘yxat Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi;
• III bosqich – 25 avgustga qadar Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo‘linmalari loyihani kelishishadi;
• IV bosqich – 25 oktyabrga qadar vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlari loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqib, kelishishadi;
• V bosqich – 10 noyabrga qadar yakuniy loyiha Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi;
• VI bosqich – 1 dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasi loyihani Prezident Administrasiyasiga kiritadi.
Qarorga muvofiq, investisiya dasturini monitoring qilishning quyidagi tartibi o‘rnatildi:
• loyiha tashabbuskorlari har oyning 5 sanasiga qadar uning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritishadi;
• Investisiya, sanoat va savdo vazirligi har oyning 10 sanasiga qadar ma’lumotni Prezident Administrasiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Zarbdor tuman adliya bo'limi

Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimi

A.Abduvaitov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар