Tumanda Xotin-qizlarning munosib ish topishiga va o‘zini o‘zi band qilishga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan press tur bo‘lib o‘tdi.
Zarbdor tumanida Xotin-qizlarning munosib ish topishiga va o‘zini o‘zi band qilishga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan press tur bo‘lib o‘tdi. Ushbu press turda mahalliy jurnalistlar va blogerlar ishtirok etdi.
Ushbu press turda tuman hokimining o‘rinbosari-oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sabohat Karimova ma’lumot berib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi 145-son qaroriga asosan Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan
Mamlakatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi 145-son qarori qabul qilingan.Zarbdor tumanida 4-bosqichga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj jami 2487 nafar ayollarga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Jumladan:
1-toifa. 167 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, bandligi ta’minlanmagan, ishlash istagida bo‘lgan, daromad manbaiga ega bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlardan 10 nafar ishsiz xotin-qizlarga 5000000 so‘mda jami 50 000 000 (ellik million) so‘m mablag‘ ajratilib, tikish-bichish, qishloq xo‘jaligi ishlari, tomorqada yer chopish, gazlamalarga naqshlar solish, parda tikish, kashtachilik kabi yo‘nalish bo‘yicha 94 nafariga o‘zini-o‘zi band qilish guvoxnomasi berildi, 19 nafari doimiy ishlarga joylashtirildi. 167 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlardan 18-nafariga bir martalik moddiy yordam 11 640 000 (o‘n bir million olti yuz qirq ming) so‘m ajratildi xamda 50 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashina, 3 nafariga motokultivator, 1 nafariga massaj apparati, 2 nafariga pishirish pechi va 2 nafariga quyosh paneli, 1 nafariga issiqxona qurilib, to‘liq yordam ko‘rsatildi.
2-toifa. 69 nafar tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlardan 67 nafariga tadbirkorlik qilish uchun 500 000 000 (besh yuz million) so‘m kredit ajratildi.61 nafar tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlardan 1-nafari statsionar davolandi, xamda 7 nafar tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashina ajratilib, to‘liq yordam ko‘rsatildi va 2 nafari doimiy ish bilan ta’minlandi.
3-toifa. 918 nafar boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlarga 642 634 000 (olti yuz qirq ikki million olti yuz o‘ttiz to‘rt ming )so‘m mablag‘ ajratilib, 918 nafar boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam to‘liq berildi. Xamda qo‘shimcha yordam sifatida 27 nafar boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashina berildi, 2 nafar uy ta’miriga muhtoj ayollarga 3000000 milliondan 6000000 ( olti million) so‘m, davolanish uchun 5 nafariga 19 680 000 ( o‘n to‘qqiz million olti yuz sakson ming) so‘m, ijara to‘lovi uchun 5 nafariga 11 000 000 ( o‘n bir million) so‘m, 1 nafariga quyosh paneli va 1 nafariga suv isitgich o‘rnatib berildi, 1 nafariga issiqxona, 2 nafariga pishirish pechi, 1 nafariga motokultivator, 1 nafariga noutbuk va 1 nafari farzandining ta’lim mablag‘i 1 200 000 (bir million ikki yuz) so‘m, 1 nafari Umra ziyoratiga jo‘natildi hamda 4 nafari doimiy ishga joylashtirildi.
4-toifa. 951 nafar ijtimoiy yordamga muxtoj 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga 624 380 000 (olti yuz yigirma to‘rt million uch yuz sakson ming)so‘m mablag‘ ajratilib, 951 nafar ijtimoiy yordamga muxtoj 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam to‘liq berildi.Shundan qo‘shimcha 16 nafariga davolatish uchun 58 300 000 (ellik sakkiz million uch yuz ming) so‘m, 5 nafariga 7305 000 ( yetti million uch yuz besh ming) ijara kompensasiyasi, 3 nafariga quyosh paneli, 1 nafari issiqxona, 1 nafari Umra ziyoratiga, 1 nafarining uy ta’miri 5 684 000 (besh million olti yuz sason to‘rt ming) so‘m, 1 nafariga 25 000 000 ( yigirma besh million) so‘m kredit, 2 nafariga pishirish pechi, 2 nafari og‘ir turdagi operatsiya 30 000 000 so‘mdan 60 000 000 (oltmish million) so‘m ajratildi hamda 18 nafar ijtimoiy yordamga muxtoj 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashina ajratilib to‘liq yordam ko‘rsatildi.
5-toifa. 38 nafar uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlardan 37 nafari uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarga jami 50 903 000 (ellik million to‘qqiz uch ming ) so‘m uy-joy ijara kompensatsiyasi to‘landi. Xamda 1 nafar ijtimoiy yordamga muxtoj 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashina, 9 nafariga moddiy yordam 6 440 000 (olti million to‘rt yuz qirq ming)so‘m, 1 nafar davolanishi uchun 2 500 000( ikki million besh yuz ming) so‘m mablag‘ ajratilib to‘liq yordam ko‘rsatildi.
6-toifa. 344 nafar qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlarga 235 120 000 (ikki yuz o‘ttiz million bir yuz yigirma ming) so‘m mablag‘ ajratilib, 344 nafar qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam to‘liq berildi. 3 nafar davolanishga muhtoj 9 800 000 (to‘qqiz million sakkiz yuz ming) so‘m, 1 nafariga pishirish pechi, 1 nafariga quyosh paneli, 2 nafariga motokultivator, hamda 10 nafar qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashina berildi, 1 nafar tadbirkorlik qilish istagini bildirgan xotin-qizlarga imtiyozli kredit 10 000 000 ( o‘n million) so‘m, 2 nafari doimiy joylashtirilib, to‘liq yordam ko‘rsatildi.
“Ayollar daftari” ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2 487 nafarini tibbiy ko‘rikda o‘tkazildi xamda 124 nafariga xuquqiy yordam berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-son qarori 2-ilovasi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning extiyojlari va xoxish istaklariga ko‘ra 100 (yuz) nafar xotin-qizlarni Toshkent, Samarqand, Buxoro viloyatlariga sayoxatga yuborish uchun 32 000 000 (o‘ttiz ikki million) so‘m hamda 225 nafariga madaniy dam olishlari uchun konsert va spektakllarga 3 500 000 (uch million besh ming) so‘m ajratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 6-bobiga asosan “Ayollar daftari” ga kiritilib, amaliy yordam ko‘rsatilishi natijasida ijtimoiy ahvoli yaxshilangan 2487 nafar xotin-qizlarni “Ayollar daftari” dan chiqarildi.
Press tur yakunida mahalliy jurnalistlar va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.