Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi va mazkur sohaga oid qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar

Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi va mazkur sohaga oid qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar

26 август 2023 йил
162
0

Hozirda rivojlanayotgan mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarinining kafolatlari hamda ularning manfaatlarini qonuniy himoya qilish yetakchi yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilib kelinmoqda. Buning isboti sifatida yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini ta’kidlasak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasidan tashqari “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829-sonli Qonuniga nazar tashlaydigan bo‘lsak: Qonunga ko‘ra xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini tazyiq va zo‘ravonlikdan ishonchli himoya qilishning institusional hamda huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirishga, bolalar orasida nazoratsizlikning va ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga, shuningdek nogironligi bo‘lgan bolalarni hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.  Shu bilan birga bugungi kunda huquqni qo‘llash amaliyotida xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish bilan bog‘liq masalalarda bir qator muammolar mavjud. Xususan, xotin-qizlar va bolalarning huquqlariga daxl qiluvchi jinoiy qilmishlar uchun mutanosib sanksiyalar belgilanmagan, xotin-qizlarni shilqimlik va zo‘ravonlikdan himoya qilishning huquqiy kafolatlari mavjud emas, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsga davlat himoyasini taqdim etuvchi orderning amal qilish muddati (o‘ttiz kun) xotin-qizlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari yetarli darajada himoya qilinishini ta’minlash imkonini bermaydi, alimentlarni to‘lamaganlik uchun jazo sifatida jarima solinishi yanada ko‘proq moliyaviy qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) idoralararo komissiyalarining faoliyati isloh etilib, ular tegishincha Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya, bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) komissiyalari etib qayta tashkil etildi.

Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-823-sonli Qonunga ko‘ra mamlakatimizda sud tizimini takomillashtirishga, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarning, shu jumladan bolalarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga, shuningdek maktabgacha ta’lim tizimini isloh etishga va yanada rivojlantirishga qaratilgan choralar ko‘rilmoqda. Bundan buyon ham fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari samarali himoya qilinishini ta’minlash, ma’muriy organlarning qarorlari ustidan ma’muriy sudlarga shikoyat qilish imkoniyatini kengaytirish maqsadida ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga ma’muriy organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish muddatini 3 oydan 6 oygacha ko‘paytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartish kiritildi.

Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Shomurod Begmatov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

O‘zbekiston fuqaroligini olish tartibi soddalashtirildi
28 февраль 2023, Вторник
O‘zbekiston fuqaroligini olish tartibi soddalashtirildi
ODIL SUDLOV INSON QADRI UCHUN
23 февраль 2023, Четверг
ODIL SUDLOV INSON QADRI UCHUN
Inson huquqlari – oliy qadriyat
20 февраль 2023, Понедельник
Inson huquqlari – oliy qadriyat
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар