Tomorqa – beminnat daromad, sifatli oziq-ovqat manbai
Prezidentimiz Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga tashrifi doirasida «Ittifoq» mahallasida bo‘lib, tomorqa va uy xo‘jaliklari bilan tanishgan edi.
Prezidentning tashrifidan maqsad Sayxunoboddagi hududni tomorqa va uy xo‘jaligi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish modeliga aylantirish loyihasini ishga tushirishdan iborat edi. Kelgusida bu tajriba butun respublika bo‘ylab qo‘llanishi rejalashtirilgan. Davlat rahbari bilan 7 mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tomorqa yerlarining imkoniyatlarini realizatsiya qilish oilalar uchun daromad manbalari yaratishning eng qulay va keng tarqalgan usullaridan biri ekani aytilgandi.
Shu maqsadda, Zarbdor tumanidagi barcha mahalla yettiligi tomonidan aholi tomorqa yer maydonlaridan unumli foydalanish, mavjud imkoniyatlardan foydalanib, issiqxona sharoitida yetishtiriladigan sabzavot ekin turlarini ko‘paytirish, bu orqali aholi daromadini oshirish yuzasidan olib boriladigan ishlar, shu bilan birgalikda shaxsiy tomorqalardan samarali foydalanishni rag‘batlantirilishi yuzasidan tushunchalar berilishi ta’kidlab o‘tildi.