Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Zarbdor tumanida "1-aprel - Xalqaro qushlar kuni" ko‘tarinkilik bilan nishonlandi

Zarbdor tumanida "1-aprel - Xalqaro qushlar kuni" ko‘tarinkilik bilan nishonlandi

02 апрель 2024 йил
62
0

Qushlarning  tabiat va inson hayotidagi ahamiyati xilma-xil bo‘lib, o‘simliklarni changlantirish, ularning urug‘larini tarqatish, zararkunanda hasharotlar va kemiruvchilarni qirishdan iborat. Shu bilan birga, qushlarning tabiatdagi estetik ahamiyati ayniqsa katta, ularning sayrashi bog‘ va xiyobonlarni jonlantiradi, insonda zavqlanish hissini uyg‘otadi. 

 

"Xalqaro qushlar kuni"da qushlarni asrash va muhofaza qilishga jamoatchilikning e’tiborini qaratish maqsadida Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi va Zarbdor tumanidagi 1-sonli maxsus maktab internati bilan hamkorlikda "Qushlar bizning do‘stimiz" shiori ostida ma’naviy tadbir o‘tkazildi.  Tadbirga maktab jamaosi, ona-onalar, viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari va OAV ishtirok etdilar.

Tadbir asosan  uch yo‘nalish, ya’ni rasmlar tanlovi, eng yaxshi qush uyasini yasash va sport musobaqalari tanlovlari asosida tashkil etildi. Tanlovlarni o‘tkazish davomida maktab o‘quvchilari va tarbiyachilari tomonidan Vatan, tabiat va inson qadri mavzusidagi badiiy chiqishlari hamda bolajonlarning sho‘x raqslari namoyish etildi.

Tanlovlar natijalariga ko‘cha eng yaxshi deb topilgan ijodiy ishlar munosib taqdirlandi. Maxsus maktabning  o‘n nafar tarbiyalanuvchilariga faxriy yorliqlar va  "Za’faron" mehmonxonasi homiyligi ostida tayyorlangan esdalik sovg‘alari topshirildi. 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар