Zarbdor tumanida tomorqachilikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar tashkil qilindi
Davlatimiz rahbarining Jizzax viloyatiga tashrifi davomida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, viloyatda tomorqachilikni yanada rivojlantirish, bu borada boy tajriba to‘plagan sohibkorlarning ish usullarini mahallalarda keng ommalashtirish maqsadida Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida seminar tashkil etildi.
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Xayitov va sohaga bevosita mas’ul bo‘lgan mutasaddilar, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi viloyat va tuman raislari, agronomlar, mahalla raislari, hokim yordamchilari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Seminar ishtirokchilari Lalmikor MFYda yashovchi fuqaro A.Axmedov xonadoniga tashrif buyurishdi. Mahalla dehqonchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan va mahallada rezavor mevalar yetishtirish bo‘yicha o‘quv maydoni tashkil etilgan.