TOMORQA - QO'SHIMCHA DAROMAD MANBAI
Prezidentimizning aholini daromadli qilish, tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha berilgan topshiriqlari ijrosini joylarda ta'minlash maqsadida bugun erta tongdan tuman hokimi Z.Ruziyev boshchiligida Navoiy MFYda sektor rahbarlari, “Mahalla yettiligi” hamda hududga biriktirilgan vakillar tomorqa va uy xo'jaliklaridagi imkoniyatlarni to'liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish chora tadbirlari yuzasidan o'rganishlar o'tkazib, tomorqa egalariga zarur tavsiya va amaliy ko'mak bermoqda.
Zarbdor tumani Navoiy MFY aholisi yerdan unumli foydalanib, sifatli va xaridorbop mahsulot yetishtirishmoqda. O'rganishlar davomida aholi xonadonlaridagi issiqxonalar ham ko'zdan kechirilib, hosildorlikni yanada oshirish hamda boshqa xonadonlarda ham kichik issiqxonalar tashkil etish yuzasidan imkoniyatlar o'rganildi.