Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Zarbdor tuman hokimligida “Sektor rahbarlari ishtirokida aholi va yoshlar bilan uchrashuvi” to‘g‘risida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda mahalliy jurnalistlar va blogerlar ishtirok etdi.
Unda Zarbdor tuman aholisi tomonidan 2023 yil davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Zarbdor tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2023 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar va ulardagi muammolar bilan ishlash ahvoli tahlil qilindi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali jami 1554 ta (2022 yilning 6 oyida 1841 ta, 287 taga kamaygan) murojaat kelib tushgan. Kelib tushgan murojaatlarning 895 tasi (1283 ta) yoki 57,6 % (69,7 %) ijobiy hal qilingan.
Shuningdek, murojaatlarning 317 tasiga huquqiy ma'lumot berilgan, 23 tasi asosli deb topilib, uzoq muddatli nazoratga olingan, 147 tasiga tushuntirish berilgan, 43 tasi rad etilgan, 2 tasi ko'rmasdan qoldirilgan, 8 tasi tugatilgan, 5 tasi ma'lumot uchun qabul qilingan. Murojaatlarning 114 tasi o'rganish jarayonida.
Xususan, tuman hokimligi va Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasida 8 tadan, Bandlikka ko'maklashish markazi va tumangaz filialida 6 tadan, tuman prokuraturasi hamda Oila va xotin-qizlar bo'limida 5 tadan, tuman davlat soliq inspektsiyasida 3 ta, tuman Ichki ishlar bo'limida 2 ta, tuman adliya bo'limi, xalq ta'limi bo'limi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi hamda tuman qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo'limida 1 tadan, viloyat va respublika tashkilotlarida 80 ta takroriy murojaatlar qayd etilgan.
O'tgan yilning shu davriga mos holatda har 1000 kishiga 20 ta murojaat to'g'ri kelgan bo'lsa, joriy yilda ushbu ko'rsatkich 17 tani tashkil qilgan.
Shuningdek, o'tgan yilning shu davriga nisbatan joriy yilda 18 yoshgacha bolalar nafaqasi tayinlashni so'rab qilingan murojaatlar 237 tadan 120 taga, uy-joy bilan ta'minlash haqidagi murojaatlar 56 tadan 24 taga, ichki yo'llarini qurish, ta'mirlash, shag'allashtirish, asfaltlash haqidagi murojaatlar 36 tadan 26 taga kamaygan bo'lsa, muhtojlarga bir martalik moddiy yordam so'rab qilingan murojaatlar 60 tadan 78 taga, ichimlik suvi ta'minoti muammolar haqidagi 35 tadan 50 taga, elektr energiyasi ta'minotidagi uzilishlar 28 tadan 43 taga, tabiiy gaz ta'minotidagi muammolar 17 tadan 41 taga, qishloq xo'jaligi yuritish uchun (fermer, klaster) yer maydoni (uchastkasi) ajratish 1 tadan 17 taga, maishiy chiqindilarni to'plash va olib chiqib ketish 6 tadan 12 taga ortgan.
Kelib tushgan murojatlar sektorlar (mahallalar) kesimida tahlil qilinganda 1-sektorda yashovchi fuqarolar tomonidan 302 ta (shundan, Mustaqillik MFY 76 ta (4,9 %), Yoshlik MFY 61 ta (3,9 %), Toshkesgan MFY 56 ta (3,6 %), Oqar MFY 48 ta (3,1 %), Ravot MFY 47 ta (3 %), Navbahor MFY 14 ta (0,9 %), 2-sektorda yashovchi fuqarolar tomonidan 333 ta (shundan, Lalmikor MFY 70 ta (4,5 %), Taraqqiyot MFY 67 ta (4,3 %), Yangiobod MFY 62 ta (4 %), Yangihayot MFY 55 ta (3,5 %), Oqbuloq MFY 53 ta (3,4 %), Tozaurug' MFY 26 ta (1,7 %), 3-sektorda yashovchi fuqarolar tomonidan 573 ta (shundan, Do'stlik MFY 121 ta (7,8 %), Shodlik MFY 119 ta (7,7 %), Oybek MFY 112 ta (7,2 %), Nurobod MFY 74 ta (4,8 %), Navro'z MFY 59 ta (3,8 %), Yangikent MFY 49 ta (3,2 %), Adirobod MFY 39 ta (2,5 %), 4-sektorda yashovchi fuqarolar tomonidan 334 ta (shundan, Andijon MFY 91 ta (5,9 %), Navoiy MFY 74 ta (4,8 %), Sharq yulduzi MFY 64 ta (4,1 %), Nurafshon MFY 53 ta (3,4 %), Tinchlik MFY 52 ta (3,3 %) hamda mahallasi aniqlanmagan hududlardan 12 ta (0,8 %)ni tashkil etadi.