Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Ibrohim Abdurahmonov Zarbdor tumanida joylashgan “Yutuq maydoni” xususiy urug‘chilik korxonasi dala maydoni faoliyati bilan tanishdi.

Ibrohim Abdurahmonov Zarbdor tumanida joylashgan “Yutuq maydoni” xususiy urug‘chilik korxonasi dala maydoni faoliyati bilan tanishdi.

03 июль 2024 йил
50
0

Agrar soha rivoji – xorijiy investitsion loyihalar va hududlardagi rahbarlarning ishni to‘g‘ri tashkil etishiga bog‘liq

Amaliy tashrif bilan Jizzax viloyatida o‘lib turgan vazir Ibrohim Abdurahmonov Zarbdor tumanida joylashgan “Yutuq maydoni” xususiy urug‘chilik korxonasi dala maydoni faoliyati bilan tanishdi.

250 gektar maydonni egallagan hududning 85 gektar qismida sifatli paxta urug‘ligi yetishtirilayotgan bo‘lsa, 50 gektar qismida paxtaning mahalliy “Sulton” navi yetishtirilmoqda.

Vazir g‘o‘zaning vegetativ holatini ko‘zdan kechirar ekan, paxta urug‘chiligini rivojlantirish tashabbusini ilgari surdi. Sababi, fermerning o‘zi ham urug‘ yetishtiradi, ham paxtadan hosil oladi. Bu ishga bir necha yildan buyon jon-jahdi bilan ish olib bormoqda. Vazir dalada olib borilayotgan ishlarni e’tirof etar ekan, kelgusi qo‘llanilayotgan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirish borasida o‘z takliflarini berdi.

Shundan so‘ng, shu yerning o‘zida vazirlik mas’ullari, viloyatning qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshliqlari, tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Viloyatning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish, investitsiyalarni o‘zlashtirish, eksport, yer o‘zlashtirish, aholi va yoshlarga yer ajratish, g‘alla parvarishi, chigit ekish, yangi bog‘-tokzorlarni barpo etish hamda kelgusida amalga oshirish rejalashtirilgan vazifalar va erishiladigan ko‘rsatkichlar taqdimoti bilan boshlangan yig‘ilishda vazir Ibrohim Abdurahmonov eng avvalo, har bir raqam hisobotni vijdonan yondashilgan holda aks ettirilgan bo‘lishi lozimligini qayd etdi.

Aytish kerak, bugun Jizzax viloyatining har bir hududida qishloq xo‘jaligi boshqarmalari faoliyat olib bormoqda. Viloyatda olib borilayotgan islohotlar esa, qoniqarli darajada emas. Vazir e’tiroziga sabab bo‘lgan jihat ham shu.

Bunda eng asosiysi har bir rahbar bugun mahsulot ishlab chiqarish bilan birgalikda xorijga nima eksport qila oladi, qanday yangi investitsiya jalb qilish mumkin, har bir qarich yerdan unumli foydalanilyaptimi, yoshlarga qulay sharoit yaratib berilyaptimi kabi savollarga javob bera olishi va ishga mas’uliyat bilan yondashishi lozimligi qayd etildi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda bu kabi sustkashliklarning sababi va joriy yil hosili uchun kutilayotgan hosil, agrar sohada erishilgan kelishuvlar va loyihalar samaradorligini oshirish, hamkor tashkilotlar bilan samarali ishlash mexanizmini yo‘lga qo‘yish, xususan, ish jarayonida oqsab qolgan xorijiy investitsion loyihalarga ijobiy yechim topish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi. 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар