Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining oltmish to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
2024-yil 31-iyul kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining oltmish to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashidagi deputatlik o‘rinlari sonini belgilash, Zarbdor tumani saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish, Zarbdor tumani 2-sektori tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida 2024 yil 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, tuman prokuraturasining tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish hamda huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasidagi 2024 yil 6 oyda amalga oshirgan ishlari, Zarbdor tuman prokuraturasining 2024-yil 28-iyundagi “Qonun buzilishi, uning kelib chiqishi sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida”gi 10.6/05-2024-sonli taqdimnomasi, tumanda davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati, Zarbdor tumani “Nurobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Yashil jamoat parki” tashkil etish hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining oltmish sakkizinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi va deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.