Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining oltmish birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining oltmish birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

13 февраль 2024 йил
44
0

2024-yil 13-fevral kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining oltmish birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.  

Sessiyada Zarbdor tumani sektor rahbarlari tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlari, tuman prokuraturasining tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish hamda huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasidagi 2023-yilda amalga oshirgan ishlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-sonli qarori ijrosi, Jismoniy va yuridik shaxslarning  murojaatlari bilan ishlash borasida  2023-yilda amalga oshirilgan ishlar, Majburiy ijro byurosi Zarbdor tumani bo‘limi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlari, Zarbdor tumanida farmasevtika sohasini rivojlantirish, Tuman hududida “Yashil belbog‘” va “Yashil bog‘”lar tashkil etish, Tumandagi “Umid” madaniyat va istirohat bog‘i hududida ekilgan ko‘chatlarini ijaraga berish, Tashabbusli byudjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash, 2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘larning ishlatilishi, Zarbdor tumani mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga erkin qoldiq qismi hisobidan kelib tushgan pul mablag‘larni yo‘naltirish, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlari hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.  




Xalq deputatlari tuman Kengashining oltmish birinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi va deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар