PILLACHILIK SOHASINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA O‘QUV-SEMINAR TASHKIL ETILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-72-sonli Farmonining ijrosi yuzasidan ayollarni pilla yetishtirish agrotexnikasiga va pillani qayta ishlash ko‘nikmalariga o‘qitish bo‘yicha o‘quv-seminarlar tashkil etish belgilangan.
Zarbdor tuman hokimligida tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan pillachilik sohasini yanada rivojlantirish, vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarni pillachilikka keng safarbar etish yuzasidan o‘quv-seminar tashkil etildi.
O‘quv-seminarda soha mutaxassislari qatnashib, seminar ishtirokchilariga takroriy pilla yetishtirish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, pilla boqish jarayonida agrotexnik talablarini o‘z vaqtida amalga oshirish to‘g‘risida tushintirishlar berishdi.
O‘quv-seminar davomida ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti professor o‘qituvchilari tomonidan berilgan tavsiyalar asosida slaydlar namoyish etildi.