BIZ BIR BO‘LSAK – YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK – VATANMIZ...
Bugun mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligini keng nishonlashga hozirlik ko‘rilmoqda. Ushbu qutlug‘ sana oldidan joylarda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Zarbdor tumanida “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida ma’naviyat festivali davom etmoqda.
Festival doirasida Toshkentdan tashrif buyurgan san’atkorlar, shoirlar va madaniyat xodimlari ishtirokidagi chiqishlar va kuy-qo‘shiqlar barchani dilini xushnud etdi. Tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlamoqda.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)