Ma'naviyat festivali
arbdor tumanida O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi oldidan "Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz" shiori ostida Ma'naviyat festivali o‘tkazildi. Festival doirasida mahallalarda poytaxtdan tashrif buyurgan san'atkorlar, shoirlar va madaniyat xodimlari ishtirokida "Kinokarvon", "Inson qadri", "Ma'rifat soati" loyihalari asosida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi. Tuman hokimligi katta tantanalar zalida mehmon san'atkorlar ishtirokida bo'lib o'tgan "Vatan madhi" nomli galakonsert dasturi barcha yig'ilganlarga haqiqiy bayram shukuhini ulashdi.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)