Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Zarbdor tuman hokimligida “Tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari” yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida tegishli idora, tashkilotning mutasaddi xodim va rahbarlari, mahalliy jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.
Matbuot anjumanini tuman hokimi o‘rinbosari A.Erjigitov tumanda bunyodkorlik ishlari ko‘plab amalga oshirilayotganligi, shu jumladan, yaqin besh yil ichida Taraqqiyot mahallasida amalga bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.
“Taraqqiyot” mahallasi 1 985 yilda tashkil topgan bo‘lib, bugungi kunda3 ta aholi punktidagi 793 ta xonadon, 1 039 ta oilada 5 905 nafar aholi istiqomat qiladi.
Hududda umumiy maydoni 15 km. bo‘lgan 38 ta ko‘chalar, 3 ta umumta’lim maktabi hamda 1 ta oilaviy shifokor punkti mavjud.
Jumladan, 38 ta ko‘chalar obodonlashtirildi, 9,5 km. uzunlikdagi ariqlar tozalandi, 645 tonna chiqindilar mahalla hududidan olib chiqildi hamda ijtimoiy soha ob’ektlari va barcha xonadonlar to‘liq dezinfeksiya qilindi.
Shuningdek, 2023-yilda Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish PQ-146 son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Zarbdor tumani Taraqqiyot MFY Oltinsoy qishlog‘ida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 40 dona 0,4 kVli temir-beton ustunlari o‘rnatilib, 4,0 km SIP kabellari (550 mln yevaziga) tortildi.
2024 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-sentabrdagi 03-PA 1-1-1319-sonli "Obod xonadon", "Obod ko‘'cha", va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish haqidagi topshiriqlari bo‘yicha Zarbdor tumani "Tarraqiyot" MFY hududiga 0,4 kVli havo elektr tarmog‘ini qurish qurish maqsadida Taraqqiyot MFY xududiga 45 dona 0,4 kVli temir-beton ustunlar o‘rnatildi va 2,2 km SIP kabel tarmog‘i tortildi, Oltinsoy qishlog‘iga 30 dona temir-beton ustunlari (450 mln evaziga) o‘rnatilgan.
Taraqqiyot MFY xududida 2022 yil Ipak yo‘li ko‘chasiga dastur asosida 1,1 km ichimlik suv tarmog‘i (35 mln evaziga) tortilgan.
2023 yil VMning 635-sonli qarori ijrosi yuzasidan Taraqqiyot MFY Oltinsoy qishlog‘da 8 km ichimlik suv tarmog‘i tortilgan, 2 dona suv olish artezian qudig‘ni rekonstruksiya (1.2 mlrd so‘m yevaziga) qilingan.
2024 yil VMning “Open budjet” loyixasi ijrosi yuzasidan Taraqqiyot MFY Markaziy suv uzatish inshootiga 2 dona va 1 dona suv olish artezian qudug‘iga suv nasosi o‘rnatildi, 5,4 km ichimlik suv tarmog‘i (1.3 mlrd so‘m yevaziga) tortilgan.
“Taraqqiyot” mahallasi ichki yo‘llarida axoli xarakatlanishi uchun qulayliklar yaratish maqsadida 2022-yilda 3 km tuproq yo‘llarda shag‘allashtirish ishlari (420 mln so‘m yevaziga) amalga oshirildi.
2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 13 iyundagi 346-sonli farmoyishi xamda Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 2023 yil 17 iyundagi № VI-45-136-3-0-K/23-sonli qaroriga asosan 3 km yo‘llarda asfalt-beton (yamochniy) ishlari (250 mln so‘m yevaziga) xamda 4.3 km shag‘allashtirish ishlari (400 mln so‘m yevaziga) amalga oshirildi.
Joriy 2024-yil mobaynida 1.8 km asfalt-beton yotqizish (900 mln so‘m yevaziga) ishlari, 40-dona tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish ishlari (100 mln so‘m yevaziga) xamda Mahallada 4 km. uzunlikda velosiped va salomatlik yo‘laklari (350 mln so‘m yevaziga) tashkil etildi.
Tibbiyot ko‘chasi yo‘llarini ta’mirlanib (930 mln so‘m evaziga) foydalanishga topshirildi.
Mahalla binosi ham to‘liq qayta qurildi hamda zamonaviy jihozlar bilan (700 mln so‘m yevaziga) ta’minlandi.
Mahalladagi 6-maktabning futbol maydoniga chim yotqizilib, yuvinish va kiyinish xonalari qurildi qolaversa 6-maktab o‘quvchilar uchun qo‘shimcha o‘quv binosi qurib (1.2 mlrd so‘m yevaziga) foydalanishga topshirildi.
Mahalladagi Oltinsoy qishlog‘i 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 2022-yil qo‘shimcha bino qurildi (1 mlrd so‘m evaziga) xamda 2022-yil sportzal ta’mirlandi (950 mln so‘m evaziga). Shuningdek 2023-yil 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 22/44 o‘lchamdagi usti yopiq sun’iy qoplamali mini fudboll maydonchasi qurish , hamda 50 o‘rinli oshxona qurish, hamda o‘quvchilarni kasb hunarga o‘rgatish uchun 2 xonali texnalogiya xonasi qurilib (1.32 mlrd so‘m yevaziga) foydalanishga topshirildi.
Oilaviy shifokor punkti kapital ta’mirlanib, atrofi temir panjara bilan o‘raldi, yangitdan hojatxona qurilib, foydalanishga topshirildi.
Mahalla hududidagi 516 taxonadonlarning fasad qismiga rang berildi, 604 tandirxona, 671 ta hojatxona va 678 ta oshxonalar oqlanib, sanitar holati yaxshilandi va 457 ta yuvinish xonalari ta’mirlanib, obod maskanga aylantirildi.
Matbuot anjumanidan so‘ng hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, qurilish ta’mirlash ishlari bilan tadbir ishtirokchilari tanishtirildi. Anjuman so‘nggida journalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.