Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Inson qadrini ulug‘lashda sudlarning o‘rni va roli

Inson qadrini ulug‘lashda sudlarning o‘rni va roli

28 август 2024 йил
70
0

Sudyalar ongida adolat, tilida haqiqat va dilida poklik bo‘lishi kerak”.

                                                O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritishi bilan o‘z oldiga har bir sohada ko‘plab qonunlar qabul qilishi bilan yangi-yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan islohatlar bosqichma-bosqich o‘z natijasini bermoqda.

Shuni mamnuniyat bilan aytish joizki, yangi Konstitutsiya xalqimizning takliflari orqali moddalar soni 128 tadan 155 taga, normalar soni esa 275 tadan 434 taga oshirildi.

Bosh qomusimiz demokratik huquqiy davlatchilik hamda adolatli fuqarolik jamiyatini qaror topishining, asosiy maqsadi yo‘lida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarning poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mazkur o‘zgarishlarni yo‘nalishlar kesimida qoraydigan bo‘lsak, shaxsiy huquq va erkinliklar, iqtisodiy hamda ijtimoiy huquqlar borasidagi normalar qariyb 3 barobar ko‘paygan. Inson huquqlari va erkinliklari kafolatlari esa 3,5 barobaridan ko‘proqqa, oilaga bag‘ishlangani esa 2 barobariga ko‘payganligini ko‘rishimiz mumkin.

Yangilangan Konstitutsiyaning 15 ta normasida davlat shart-sharoitlar yaratishi, 16 ta normasida davlat kafolatlashi, 4 ta normasida esa davlat qayg‘urishi alohida alohida ko‘rsatib o‘tilayotganligining o‘ziyoq davlatning maqsadi inson huquqlarini ta’minlash ekanligini ko‘rsatib turibdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida “Davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi”

Sud hokimiyat bu muayyan vositadir va u bilan huquq ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatadi.

Bu vosita yagona emas, lekin u nizoli holatlarda eng ko‘p qo‘llaniladi. Sud hokimiyati insonlarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash uchun alohida ahamiyat kasb etadi.

Har qanday manfaatdor shaxs o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilar ekan, birinchi navbatda adolat istaydi.

Shuning uchun ham bugungi kunda sud hokimiyati nafaqat sud hujjati chiqargandan, balki ishni ko‘rish jarayonida ham mustaqil bo‘lishi kerak. Ishlarni ko‘rish jarayonida sudyalar tomonidan qonunlarni to‘g‘ri qo‘llash hamda taraflarning ijtimoiy holatini ham inobatga olishlari lozim.

Avvalo, har qanday shaxsning holatini shaxsiy huquq va erkinliklarini tavsiflab beradi. Bu holatlar insonning tabiiy huquqi konsepsiyalari bilan bog‘liq, Insonning bu huquqi ajralmas bo‘lib, va ayni chog‘da uni cheklab ham bo‘lmaydi. Shu sababli inson huquqi va erkinligi kafolatlash hamda amalga oshirishga yuqori darajada ahamiyat beriladi. Bular jumlasiga eng avvalo yashash huquqini kiritish mumkin.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 1948 yil
10 dekabrda insonning (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy) huquqlari va erkinliklari belgilab berilgan tarixiy hujjat – Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi qabul qilingan. Mazkur Deklaratsiya 30 ta moddadan iborat bo‘lib, uning birinchi moddasida “Barcha odamlar erkin, qadr-qimmat va huquqlarda teng bo‘lib tug‘iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin, ular bir-biriga nisbatan birodarlarcha munosabatda bo‘lishlari kerak”[2] deb, belgilab qo‘yilgan.

Mazkur huquqlarini ta’minlashda sudning o‘rni alohidadir.

Davlatimiz rahbari “Sud – huquq sohasidagi islohatlarimizning bosh vazifasi – bu sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolarning huquq va erkinliklari ishonchli himoyasini, odil sudlovning mustahkam kafolatini ta’minlashdan iborat” deb ta’kidlagan.

Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi umume’tirof etilgan qoida hisoblanadi. Huquqiy davlatda sudyalarning mustaqilligi ularning faqat qonunga bo‘ysunishi bilan ifodalanadi. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi hamda bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka asos bo‘ladi.

Konstitutsiyaviy normalar davlat hokimiyatini amalga oshirish, davlat bilan fuqarolar o‘rtasidagi muayyan turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va shu yo‘l bilan jamiyatni boshqarish maqsadida davlat tomonidan o‘rnatilgan umummajburiy xulq-atvor qoidalari bo‘lib, ular aniq huquq va majburiyatlar orqali amalga oshadi hamda davlat tomonidan ta’minlanadi.

Konstitutsiyaviy normalar majburlov, ruxsat etish, taqiqlash usullari bilan joriy etiladi. Mazkur usullarni sud tartibida ham qo‘llash o‘z samarasini bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z oldiga huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish maqsadini ilgari surar ekan, bu borada, birinchi navbatda yangicha fikrlaydigan, mustaqil dunyoqarashga ega bo‘lgan, erkin tafakkurli, sog‘lom, barkamol yoshlarni kamol topdirib, tarbiyalashni zarur deb, biladi.

Bunday maqsadga erishish uchun mamlakatimizda yoshlarning jamiyatda o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish maqsadida izchillik bilan harakat qila boshladi.

Shuningdek bugungi kunda fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan huquqlari buzilayotganligi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelayotganligini ko‘rishimiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 47-moddasida har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga egaligi, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanishi belgilangan. Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqidaga qarori bilan tasdiqlangan Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga ko‘ra davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun markazlashtirilgan jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish belgilangan. Mazkur Nizomning 2-bobiga ko‘ra jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha Respublika jamg‘armasi va hududiy jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirilishi ko‘rsatilgan.

Bu borada ham davlatimiz tomonidan barcha fuqarolarning uy-joyiga yetkazilgan zararlarning o‘rni qoplab berish kafolatlanganligini, agar nizo kelib chiqqan taqdirda sud orqali undirib berish tartibi qonunchilikda belgilab qo‘yilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda sud-huquq tizimini isloh qilish orqali fuqarolarning huquq va erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Jizzax viloyati Zomin tumanlararo iqtisodiy sudining raisi

Madatov Xabibullo Nurmurodovich


скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар