Zarbdor tumanida 2025-yil hosili uchun 13 800 gektar maydonga g‘alla ekish rejalashtirilgan.
Jizzax viloyati Zarbdor tumanida 2025-yil hosili uchun 1 ta g‘allachilik klasterlari va 487 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan ochiq maydonga 4 ming 836 gektar, g‘o‘za qator orasiga 8 ming 964 gektar jami 13 800 gektar maydonga g‘alla ekish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda g‘alla ekishga yer tayyorlash ishlari jami 11 250 (81%) gektar maydonlarda amalga oshirilgan bo‘lsa, g‘alla ekish ishlari jami 10 525 (76%) gektar maydonda bajarib bo‘lindi.
G‘allaga ekishdan oldin yoki ekish bilan beriladigan fosforli va kaliyli mineral o‘g‘itlar zaxirasi yetarli darajada jamg‘arilgan bo‘lib, fosforli mineral o‘g‘itlar 5 192 tonna yoki 103 foiz, kaliyli mineral o‘g‘itlar 1 752 tonna yoki 81 foizga zaxira qilingan.
Bugungi kungacha ekishdan oldin yoki ekish bilan birga fosforli mineral o‘g‘itlar 5 370 tonna yoki 77 foiz, kaliyli mineral o‘g‘itlar 1 272 tonna yoki 59 foiz mineral o‘g‘itlar berilgan.
Ushbu maydonlarda agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi yuzasidan Inspeksiyaning tuman bo‘limi tomonidan tizimli nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida tumanidagi 106 ta subyektlar tomonidan 1060 gektar maydonlarda kamchiliklar aniqlangan bo‘lib, ushbu aniqlangan kamchiliklarni kelgusida takrorlamaslik yuzasidan fermer xo‘jaliklariga 978 ta ogohlantirish, 142 ta yozma ko‘rsatma va mutasaddi tashkilot rahbarlariga 3 ta taqdimnoma taʼsir choralari qo‘llanildi.
Bundan tashqari, kuzgi bug‘doy ekishda sertifikatlanmagan urug‘liklardan foydalanishni oldini olish maqsadida inspeksiyaning tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan fermer xo‘jaliklariga 600 ta ogohnomalar, 58 ta yozma ko‘rsatmalar berilishi taʼminlangan.
Hududlarda g‘alla ekishda amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi hamda mavsum davomida sertifikatlangan urug‘liklardan foydalanilishi “O‘zagroinspeksiya”ning Zarbdor tuman bo‘limi tomonidan doimiy nazoratga olinib, tegishli choralar ko‘rib borilmoqda.
Sh.Sattarov
"O‘zagroinspeksiya"ning
Zarbdor tumanbosh mutaxassis