Bobodehqonlar paxtadan mo‘l va sifatli hosil yetishtirishga alohida eʼtibor qaratishmoqda.
Joriy yilda Zarbdor tumanida 11000 gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilinmoqda. Tuman bobodehqonlar paxtadan mo‘l va sifatli hosil yetishtirishga alohida eʼtibor qaratishmoqda.
G‘o‘za maydonlarining qator oralariga ishlov berish uchun 176 dona kultivatorlar jalb qilinib, bugungi kunda tuman hududlarida 5, 6 marta kultivatsiya ishlari hamda g‘o‘za maydonlarida mineral o‘g‘itlar bilan 3-oziqlantirish ishlari to‘liq yakunlanib, 2-sug‘orish ishlari 84 foiz, chilpish ishlari 82 foiz maydonlarda o‘tkazilgan.
"O‘zagroinspeksiya"ning Zarbdor tumanlar bo‘limi tomonidan, g‘o‘za parvarishi yuzasidan agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan doimiy monitoring-tahlil tadbirlari o‘tkazilmoqda.
O‘tkazilgan tadbirlar davomida 31 ta fermer xo‘jaligining 415 gektar g‘o‘za maydonida xato-kamchiliklar aniqlandi.
Jumladan, 6 ta fermer xo‘jaligida 22 gektar ko‘chat soni kam, siyrak unib chiqqan, 3 ta fermer xo‘jaligining 54 gektar maydonida kultivatsiya sifatsiz va kech o‘tkazilgan, 4 ta fermer xo‘jaligining 14 gektar maydonda mineral o‘g‘itlar bilan sifatsiz oziqlantirish, 2 ta fermer xo‘jaligining 10 gektar maydonida chuqur yumshatish sayoz va sifatsiz o‘tkazilgan, 2 ta fermer xo‘jaligining 22 gektar maydonida chopiq ishlari muddatida o‘tkazilmagan yoki sifatsiz o‘tkazilgan, 2 ta fermer xo‘jaligining 26 gektar maydonida begona o‘tdan tozalanmagan, 1 ta fermer xo‘jaligining 12 gektar maydonida zararkunanda va hasharotlarga qarshi sifatsiz ishlov berilgan, 11 ta fermer xo‘jaligining 255 gektar maydonida chilpish ishlari sifatsiz o‘tkazilgan va 8 ta fermer xo‘jaligining 8 ta kultivatorlarida ishchi organlari to‘liq jihozlanmaganligi aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida fermer xo‘jaliklariga 310 ta ogohlantirish, 60 ta yozma ko‘rsatma va soha masʼullariga 8 ta taqdimnomalar berilgan.
Sh.Sattarov
Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlarni o‘tkazilishini
nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassis