Tumanda yetishtirilgan poliz mahsulotlarini ichki bozor va eksportga yo‘naltirish imkoniyatlari hamda faoliyati yuzasidan media tur bo‘lib o‘tdi.
Ushbu media turda mahalliy jurnalistlar va blogerlar ishtirok etdi. Dastavval tuman hokimligida tadbir tashkil etilib, Tumanda yetishtirilgan poliz mahsulotlarini ichki bozor va eksportga yo‘naltirish imkoniyatlari hamda faoliyati yuzasidan ma’lumot berildi. Zarbdor tumanida 2024-yilda meva-sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirish va eksport qilish bo‘yicha dolzarb ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan 6 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan 10117 ming dollarlik mahsulotlari eksporti 9 ta MDH, Osiyo va Yevropa ittifoqi davlatlariga eksport qilinmoqda. Xususan, "HAVVO FRESH" MCHJ tomonidan 9808 ming dollar, "ZARBDOR EKSPORT SENTR"MCHJ tomonidan 151,7 ming dollar, "YOSHLIK GREEN HOUSE" MCHJ tomonidan 29,6 ming dollar, GOOD WILL EKSPORT MCHJ tomonidan 41,8 ming dollar, "SERHOSIL-DALA BOG'I" MCHJ tomonidan 44,2 ming dollar, "BAXOR NAFASI" XK tomonidan 41,4 ming dollarlik dukkakli va moyli ekinlar, quritilgan meva-sabzavotlar, mayiz, mevalar, poliz ekinlari, sabzavotlar Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Germaniya, Polsha, Portugaliya, Rossiya federatsiyasi, Ukraina davlatlariga eksport qilindi.
Tadbirdan so‘ng Xususan, Zarbdor tumani G'alaba FXHUda joylashgan "Rivoj davr" fermer xo‘jaligida media tur davom etdi.