Yangikentda bayram
Eng ulugʻ va eng aziz bayram Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligini Zarbdor tumanining 3- sektor hududidagi Yangikent mahallasi ahli ham keng nishonlashdi. Jizzax viloyati IIB tashabbusi bilan Zarbdor tuman hokimligi, Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Zarbdor tumani boʻlimi hamkorligida tashkil etilgan bayram tadbirida bir guruh hudud faollari, nuroniylar hamda tashabbuskor yoshlar 3- sektor tomonidan taqdirlanishdi.
“Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostidagi badiiy dasturda Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar yangradi. Tuman madaniyat markazi hamda Oʻzbekkonsert Jizzax viloyat boʻlimi xonandalari, taniqli soʻz ustalarining chiqishlari hamda yosh ijodkorlarning tomoshasi yigʻilganlarga kayfiyat ulashdi.