"Bilimlar kuni"
Bugun alohida ta’limga ehtiyoji bo'lgan 1- son Kar bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Bilimlar kuni" hamda O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan "Bir bo'lsak- yagona xalqmiz, birlashsak- Vatanmiz!" shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Bayram tadbirida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig'i Mavlonova Nargiza Eshqo'ziyevna ishtirok etib 2024-2025-o'quv yilida 1- sinfga qabul qilingan o'quvchilarga "Prezident sovg'alari"ni ulashdi. Nargiza Eshqo'ziyevna tadbir davomida Mustaqillik darslarida imkoniyati cheklangan o'quvchilarni kasb- hunarga yo'naltirish bo'yicha o'z fikr mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)