Birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi
Zarbdor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham yangi o‘quv yilining boshlanishi – "Bilimlar kuni" tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi.
Maroqli yozgi ta’tildan so‘ng yangi o‘quv yili boshlandi. Qo‘llarida gul, qalbda hayajon bilan sevimli maktabi tomon oshiqayotgan o‘quvchi-yoshlarning sevinchlari cheksiz. Bugun Zarbdor tumani yoshlarini o‘z bag‘riga chorlagan barcha umumta’lim maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq chalindi.
Zarbdor tumanidagi 32 ta umumta'lim maktablarida “Mustaqillik bayrami” va “Bilimlar kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan bayram tadbiri "Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida tashkil qilindi.
Tadbir davomida maktabga ilk qadam qo‘yayotgan bolajonlarga Prezident sovg‘asi maktab o‘quv qurollari taqdim etildi.
Shunungdek, bugun Zarbdor tumanidagi barcha umumtaʼlim maktablarida yangi oʻquv yili anʼanaviy tarzda boshlanib, birinchi qoʻniroqlar yangradi. Tumandagi 32 ta umumtaʼlim maktablariga jami 1 872 nafar bolajonlar 1-sinfga qadam qoʻydilar.