Madaniyat vaziri o‘rinbosari Zarbdorda
Avval xabar berganimizdek, madaniyat vaziri o‘rinbosari Yusufjon Usmonov xizmat safari bilan Jizzax viloyatida bo‘lib, viloyatdagi madaniyat muassasalari faoliyatini o'rgandi.
Xizmat safari davomida Yusufjon Usmonov viloyat hokimining o‘rinbosari Sardor Shukurullayev hamrohligida Zarbdor tumanidagi 17-son hamda 18-son “Oltin vodiy” madaniyat markazlari faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif yakunida viloyat tashkilotlari, madaniyat boʻlimi mudirlari, bolalar musiqa va san’at maktablari rahbarlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilish davomida ijro intizomi holati, ta’mirtalab madaniyat markazlari faoliyati, pullik xizmat kо‘rsatish ahvoli hamda madaniyat vazirligi tomonidan madaniyat muassasalariga berilgan musiqa cholg‘ulari hamda avtotransport vositalaridan foydalanish holatlariga alohida to‘xtalib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.