Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Paxtachilik uchun o‘tgan yillarga nisbatan bir muncha murakkab kelgan bu yilgi mavsumda hosilni paxta terish mashinalarida yig‘ishtirib olish har yilgidanda katta ahamiyatga ega.

Paxtachilik uchun o‘tgan yillarga nisbatan bir muncha murakkab kelgan bu yilgi mavsumda hosilni paxta terish mashinalarida yig‘ishtirib olish har yilgidanda katta ahamiyatga ega.

03 октябрь 2024 йил
39
0

"O‘zagroinspeksiya"ning tuman bo’limi tomonidan qishloq xo‘jalik texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun ajratilgan komplekt ko‘chma diagnostik asbob-anjomlar yordamida viloyat texnika nazorati mutaxassislari tomonidan joylarga chiqqan xolda taʼmirdan chiqarilgan texnikalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlarida amaliy yordam ko‘rsatilib, paxta terish mavsumida qatnashadigan texnikalar soz holatga keltirilgan.  

Amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan "O‘zagroinspeksiya"ga berilgan vakolatlardan kelib chiqib, qishloq xo‘jalik texnikalarini paxta yig‘im terim mavsumiga tayyorlash bo‘yicha kunlik nazorat tadbirlari davom ettirilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli taʼsir choralari ko‘rib borilmoqda.

«Mashina terimi – ishning unumi» deya bekorga aytilmagan, paxta terim mavsumida terimchilar uchun sarflanadigan oziq-ovqat, yotoq joy, transport va boshqa xarajatlarining iqtisod qilinishida terim mashinalaridan foydalanishning nechog‘li afzalligi yaqqol ko‘rinadi.

Bu yil Zarbdor tumanida paxta terishda mashinalardan faol foydalanilmoqda. 

Mavsumda har bir terim mashinasining benuqson ishlashini, ulardan unumli foydalanishni taʼminlash uchun «O‘zagroinspeksiya» tuman bo‘limi texnika holati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish bosh mutaxassisi tomonidan mavsum oldidan ularning sozligi to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazildi va maxsus komissiyalar tomonidan qabul qilib olindi.

Bugun respublikada paxta terimi avj pallasiga kirdi va birlamchi natijalar zahmatkash dehqonlarimiz mo‘l hosil yaratganini ko‘rsatmoqda.

Yetishtirilgan paxta hosilini yog‘in-sochin kunlarga qoldirmasdan tez va sifatli qilib yig‘ishtirib olish va yuqori navlarga sotishni niyat qilgan xo‘jaliklar hosilni mashinalar yordamida terib olishga katta eʼtibor qaratmoqdalar.

Misol uchun, Zarbdor tumanida 17 ta paxta terish mashinalari yordamida bitta yuqori unumli mashina bilan o‘rtacha 31-45 tonnadan, paxta terib olinmoqda. 

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, mashina terimining afzalligi nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy ko‘rsatkichlar va natijalarda ham o‘zini namoyon etadi. Ish unumdorligiga qarab, bitta mashinani boshqarayotgan 2 nafar mexanik-haydovchi 300-500 yordamchi terimchining ishini bajaradi. Eng muhimi, paxta hosili tez yig‘ib-terib olinadi, kuzgi shudgor maqbul muddatlarda sifatli bajariladi hamda boshoqli don ekinlarini erta muddatlarda ekib, bir tekis, qiyg‘os ko‘kartirib olishga erishiladi.

I.Ummatov

Inspeksiyaning Zarbdor tuman bolimi

Texnikalar holatini nazorat qilish bosh mutaxassisi


скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар