Zarbdor tumanida joylashgan “Zirapcha” MCHJda press tur tashkil etildi.
Zarbdor tuman hokimi, sektor rahbarlari va ommaviy axborot vositalari ishtirok etgan mazkur press turda “Zirapcha” MCHJ ta’sischisi Komila Jo‘rayeva faoliyati xususida.
Zarbdor tajribasi: mavjud imkoniyatlardan foydalanib, drayver sohalarga ishsiz fuqarolarni biriktirib bandligini ta’minlash va daromadli qilish.
Muhtaram prezidentimizning viloyatimizga tashrifi davomida savdo, xizmat ko‘rsatish va zamonaviy agrotexnologiyalar sohasidagi ishlarning samarasini oshirish borasida bir qator topshiriqlar bergan edi. “Zirapcha” MCHJ rivojlanayotgan shu kabi sohalarning biridir.
Dastlab “Zirapcha” MCHJ gulchilik bilan shug‘ullanib kelgan. Bugungi kunga kelib faoliyatini kengaytirdi. Gulchilik bilan shug‘ullanishdan tashqari gul, turli mevali daraxt ko‘chatlari, xonadonlarda rang-barang landshaftlar yaratish kabi yo‘nalishlarda faoliyat olib bormoqda.
Komila Jo‘rayeva yetti nafar farzandini tarbiyalash bilan birgalikda o‘ttiz besh nafar xotin-qizlarni doimiy ish bilan band qilib kelmoqda. Uchta issiqxonada gul, turli mevali daraxt va gul ko‘chatlar, sitrus mevalar limon, mandarin va banan kabi mevalarni yetishtirish bilan bir qatorda gulchilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlarimizga bepul o‘quv kurslarini ham yo‘lga qo‘ygan.
Tumandagi mahallalardan tashrif buyurgan faollar, xotin-qizlarga gul yetishtirish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Gulchilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lganlarga tashkil etilgan o‘quv kurslarida o‘qib, faoliyatini boshlashga ko‘mak berilishi borasida kelishib oldilar.