Tumanimizning eksport imkoniyatlari
2024 yil Zarbdor tumani uchun 36,3 mln. dollar miqdorida eksport prognozi belgilangan. Bugungi kunga qadar 29,0 mln dollarlik eksport amalga oshirilgan, shundan 18,2 mln. dollar sanoat mahsulotlari va 10,7 mln. dollar qishloq ho‘jaligi mahsulotlari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Bunda asosiy eksport hajmi:
“Paxtakor teks” MChJ (Ip-kalava) – 9,3 mln. dollar;
“Betlis tekstil” MChJ (trikotaj mahsulotlari) – 7,3 mln. dollar;
“Miramiller” MChJ (un) – 1,6 mln. dollar.
Bugungi kunga qadar tumanda 10,7 mln dollarlik meva sabzavot va moliz mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. asosiy poliz mahsulotlari va dukkakli mahsulotlar eksport oktyabr oyi o‘rtasidan boshlangan.
Yil yakuniga qadar belgilangan 30 mln dollarlik rejalarni bajarish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud. Bugungi kunda kundalik tarzda 70-150 ming dollarlik mahsulotlar eksport qilinmoqda. Yil yakuniga qadar 19,0 mln dollarlik ekmport amalga oshiriladi.
Eksportchi korxonalarda amaldagi eksport shartnomalari mavjud "Havvo Fresh" MChJ, "Good Will Eksport" MChJ, "Zarbdor Eksport Sentr" MChJ "Yoshlik Green House" MChJ, “Jo‘shqin Ravshan” MChJlarda 29950 mln dolarlik eksport o‘artnomalari mavjud. Shartnomalar Germaniya, Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarbayjon davlatlariga Qovun, tarvuz, mayiz, quritilgan olma, loviya, mosh, quritilgan pomidor, ko‘katlar karam va boshqa poliz va meva sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan.
Bugungi kunda tumanda eksport faoliyatini boshlagan meva-sabzavot mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanayotgan 7 ta eksportchi korxonalar mavjud. Bular: "Serhosil-Dala Bog'i" FX, "Havvo Fresh" MChJ, "Yoshlik Green House" MChJ, "Zarbdor Eksport Sentr" MChJ, "Zarbdor Eksport” FX, "Good Will Eksport" MChJ, "Baxor Nafasi" XKlar. Mazkur korxonalar bilan tumanda eksport hajimlarini oshirish, yangi turdagi meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini tashqi bozorlarga yo‘naltirish bo‘yicha doimiy tarzda targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Shuningdek korxonalar bilan eksport jarayonida yuzaga kelgan muammolari o‘rganilib , tezkorlik bilan hal etib borilmoqda.
Tuman hokimining o‘rinbosari F.Xamzayev