Xalqaro konferensiyada tumanimiz tadbirkorlari ishtirok etmoqda
7-8-sentabr kunlari Samarqandda Oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda
Unda dunyoning 32 ta mamlakatidan 2330 nafar xorijiy ekspert ishtirok etadi. Konferensiya doirasida milliy, mintaqaviy va global miqyosda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning hozirgi holati to‘g‘risida keng fikr almashiladi.
Ushbu Xalqaro konferensiyada tumanimizdan "ZARBDOR EKSPORT" fermer xo‘jaligi a'zolar ham ishtirok etib, chet ellik hamkorlar bilan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, hosildorlikni oshirish, ularni sifatli qadoqlash hamda eksport qilish, ularni saqlash uchun omborxona qurish, logistika va boshqa xizmatlar bo‘yicha 10 mln. dollarlik shartnoma tuzish uchun muzokoralar olib bormoqda.
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati
Тавсия этамиз:
