Zarbdor tumani Tinchlik mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faoli “Uyma –uy” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar
Zarbdor tuman “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘ini Xotin qizlar faoli M.Sarimovaning 2024 yilga mo‘ljallangan “Uyma-uy” loyihasi doirasida mahalladagi xonadonlarda yashovchi xotin-qizlar so‘rovnoma asosida xatlovdan o‘tkazish belgilangan bo‘lib, mahallada yashovchi xotin-qizlar to‘liq xatlovdan o‘tkazildi.
Mahallaning umumiy ko‘rsatgichlari (pasporti) bilan tanishish va taxlil qilish belgilangan bo‘lib, xatlov natijasida Tinchlik MFYda yashovchi ehtiyojmand xotin-qizlar aniqlanib, “Ayollar daftari” orqali tizimi orqali ular muommolarini hal etish choralari belgilandi.
Bugungi kunda Tinchlik MFYda “Ayollar daftari” da 98-nafar xotin qizlar 6- ta yo‘nalish asosida ro‘yxatga olinib, bugungi kunda ularga bosqichma bosqich yordam ishlari amalga oshirildi.
“Ayollar daftarida” turuvchi 90-nafar xotin qizlar Ayollar daftar jamg‘armasi xisobidan bir martalik moddiy mablag‘i berildi.
“Ayollar daftarida” turuvchi 8-nafar xotin qizlar Ayollar daftar jamg‘armasi xisobidan uy-joyiga muxtoj xotin qizlar ijara kopesiyasiyasi to‘lab berildi.
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida 12.000.000 mln so‘mlik subsidiyalar rejalashtirilgan bulib, joriy yilning 6-noyabr holatiga “Ayollar daftarida “ turuvchi 2 nafar fuqarolarga besh yarim mln so‘m subsidiya mablag‘lari asosida, 2 nafar xotin qizlarga xokim yordamchisi tafsiyanomasi asosida tikuv moshinkalar berilib, bandligi ta’minlandi.
Ishsizligi daromad manbaiga ega bo‘lmagan xotin qizlar aniqlanib, kam hosilli paxta va g‘alla maydonlari hisobidan auksion orqali ijaraga beriladigan yer maydonlar taqsimotini o‘z hududi bo‘yicha o‘rganish belgilangan bo‘lib, maxallaga yaqin bo‘lgan xududlardan jami 0.30 sotix yer ajratilgan bo‘lib, xotin qizlar va xokim yordamchisi tafsiyanomasi asosida olish uchun shundan 3 nafar ayollarga 0.30 sotixdan ajratib berilgan.
Xotin-qizlar faoli tomonidan xar oyda “Erta turmushni oldini olish”,”Xotin qizlar o‘rtasida jinoyatchilikni olidini olish” , Kasb-hunarga o‘qitish, Xotin qizlar bandligi ta’minlash borasida doimiy ravishda yigilishlar o‘tkazildi.
Oilaviy qadriyatlarni mustaxkamlash, Migratsiyaga ketgan xotin qizlar oilasi bilan tizimli ishlash, sog‘lomlashtirish tadbirlari olib borilib, oilalarda sog‘lom muxitni yaratish uchun doimiy ravida xonodonboy o‘rganishlar olib borildi.
Mahallada jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha “Jinoyatchilikdan xoli xudud” maqomini asrab qolish uchun , doimiy ravishda “Hamjixatlik bor joyda jinoyatga o‘rin yo‘q” shiori proflaktik tadbirlar, suhbatlar amalga oshirildi.
Mahallada aholining tinch va totuv yashashi uchun Mahalla tizimida faoliyat yurituvchi Yettilik xamjixatligi xamda birligi samarasi natijasidir.
M.Sarimova
“Tinchlik” MFY xotin-qizlar faoli