Davlat bayrog‘i baland hilpiraver
Doimo o‘zbek xalqining shon-sharafi va g‘ururidek yuksaklarda hilpirab turgan bayrog‘imiz 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi "Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kundan boshlab davlat suverenitetining ramziga aylandi.
Tarixdan ma'lumki, qadimdan yurtimiz davlatchiligida bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan. Davlat bayrog‘i baland hilpiraganda qalbi titramagan kim bor?
O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida namoyon etib, shu o‘lkada yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor tuyg‘ularini baxsh etadi.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)