Tengdoshimga huquqiy yordam
Adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Zarbdor tumani Taraqqiyot mahallasida joylashgan 6 va 11-maktabning 20 nafar yuqori sinf o'quvchilari ishtirokida "Tengdoshimga huquqiy yordam" va "Ochiq eshiklar kuni" targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.
Tadbir davomida yoshlar Zarbdor tuman adliya bo'limining tarkibiy tuzilmalari davlat xizmatlari markazi, FXDY, yuridik xizmat ko'rsatish markazi ish faoliyati bilan tanishtirildi.
Shuningdek, o'quvchilar o'rtasida "Huquqiy viktorina" tashkil etilib, g'oliblar esdalik sovg'alari bilan rag'batlantirildi.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)