Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Maktabgacha ta’lim muassasalari bilan huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha seminar trening

Maktabgacha ta’lim muassasalari bilan huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha seminar trening

22 июнь 2022 йил
390
0

Bugun Zarbdor tuman Adliya bo‘limida yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan maktabgacha ta‘lim rahbarlari bilan huquqiy targ‘ibot seminar trening o‘tkazildi. 

Treningda “E-huquqshunos” elektron tizimiga o‘tish, ish yurutuvi to‘liq raqamlashtirilishi va qog‘ozbozlikka barham berilishi tushuntirildi.

Uchrashuv davomida muassasa rahbarlarini qiynab kelayotgan muammo va masalalar o‘rganib chiqildi. “E-huquqshunos” tizimida ishlash, uning qulayliklari va afzalliklari haqida batafsil ma‘lumot berildi. Bu kabi treningda, muassasa rahbarlarida katta bilim va ko‘nikma hosil qildi, shu sababli yuridik xizmat ko‘rsatish markazida haftada ikki marotaba shunday huquqiy targ‘ibot trening o‘tkazilishi haqida kelishib olindi. 

Bu treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad davlat organlari va tashkilotlarida yuridik bilimlarni oshirish, tashkilotlar o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash va ijrochilarga qonunchilik hujjatlarini mazmun mohiyatini yetkazish va tushuntirishdan iborat bo‘ldi. Seminar so‘ngida qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob topishdi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti

axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishi talabalari

Zarnigor Anorqulova, Dilobar Musurmonova

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар