Targ'ibot-tashviqot tadbirlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-oktabrdagi VM 24/24-171-sonli majlisi bayoni va Jizzax viloyati hokimining 2024-yil 24-oktabrdagi 01-1547-sonli chora-tadbirlar rejasining ijrosini ta’minlash maqsadida Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zarbdor tumani bo‘linmasi bilan hamkorlikda tuman markazida joylashgan savdo do’konlarida targ'ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etildi.
O‘rganish davomida tadbirkorlarga reklamaning aylanish sohasini tartibga solish, reklamaga doir asosiy talablar, tashqi reklama matnlari davlat tilida rasmiylashtirilishi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkinligi, turli xil ajnabiy nomlar, ma'naviyatimizga va mentalitetimizga to'g'ri kelmaydigan fotosuratlar joylanmasligi to'g'risida tushunchalar berildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirkorlarga tegishli tavsiyalar berildi.