Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Xalq dardi bilan yashash oliy saodat

Xalq dardi bilan yashash oliy saodat

14 апрель 2022 йил
448
0

Fuqarolarimiz turmush farovonligini yanada yaxshilash uchun ularning muammolarini joyiga chiqib bevosita oʻrganish va ijobiy hal qilish masalasi bugun har bir davlat organi vakili oldidagi muhim vazifa hisoblanadi. 

O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o'rinbosari Muxammadiev Aktam Zayniddinovich va viloyat adliya boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar, Zarbdor tuman sektor rahbarlari bilan birga Zarbdor tumanining olis hududlaridan bo'lgan "Adirobod" MFYda sayyor qabul tashkil etildi. 

Sayyor qabul davomida 30 ga yaqin murojaat tinglandi. Xalqning o'z muammolari yechimini topishiga ishonch bilan kelganligi ularning ko'zlarida aks etib turibdi. Har bir muammo diqqat bilan tingladi. Mutasaddi idora vakillari bilan birgalikda muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish ishlari olib borildi.

Yangihayot ko'chasida yashovchi Mahfuza Jumaboeva nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma olishda amaliy yordam so'rab qilgan murojaati FHDYo idorasi tomonidan joyida ijobiy hal etildi.

Murojaatchilarning 10 nafarga yaqini tibbiyot sohasiga, 7 nafari bandlik masalasida, 4 nafari kadastr sohasiga, 8 nafari davlat xizmatlari sohasiga dahldor masalalar bilan yuzlandilar.

Bundan tashqari tadbirkorlik, bank-kredit, ijtimoiy himoya masalalarida o'z muammolari bilan kelgan fuqarolar murojaatlari ham tinglandi. 

Barcha masalalarni ijobiy hal etish uchun yo'l bor. Ammo bu yo'l mas'uliyat, fidoyilik va mehnatni talab etadi. Kimki o'z dardi bilan emas balki xalq dardi bilan yashar ekan ana shu haqiqiy rahbardir.

Adliya vaziri o‘rinbosari sayyor qabuldan so‘ng "Tinchlik" MFYda yangi ochilgan kutubxona faoliyati bilan ham tanishdi.

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар