Zarbdor tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktabida Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni yuzasidan ochiq dars bo‘lib o‘tdi
Alisher Navoiyning “Xamsa” asarining 2-dostoni “Farhod va Shirin” dostoni hisoblanib, bu doston hajm jihatidan ham boshqa dostonlardan farq qiladi. Bu dostonning “Sharq dostoni” deb nomlanishi ham bejizga emas, chunki bu dostonda ishq kuylanadi va ulug‘lanadi.
Shunday ekan, biz o‘quvchilarga Farhod obrazini qalbida ishq jo bo‘lgan obraz sifatida tanishtirishimiz kerak. Qalbida ishq bo‘lgan inson har qanday mashaqatni yengib o‘tishi va o‘z maqsadiga erisha olishi Farhod obrazi misolida o‘quvchilar ongiga singdiriladi. Shu bilan birgalikda asarda ota-onaga ustozlariga bo‘lgan hurmat e’tibor kasb-hunar o‘rganish, mehnatsevarlik kabi hislatlar ham talqin etiladi.
“Farhod va Shirin” dostonini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning anashu hislatlar sohibi bo‘lishiga o‘rgatiladi. Ushbu asarda Farhod yozuvchi orzu qilgan “Komil inson sifatida” aks ettirilgan. Yosh avlodni komil inson darajasida tarbiyalash bugungi ustozlarning asosiy maqsadi hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda nafsni yengish ham insonni komilikka yetaklashi kerakda har bir o‘quvchiga yetkaza olish biz ustozlarning vazifamiz hisoblanadi.
Zarbdor tumani 2-sonli umumta'lim maktabining
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Nozbuvish Usmanova