Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » “ПРЕЗИДЕНТ ШАВКАТ МИРЗИЁЕВГА ЕТИБ БОРСИН БУ ВИДЕО АСФАЛЬТ ВА МАХАЛА ПУЛИ КАЕРГА КЕТГАНИНИ БИЛСИН” nomli video lavha yuzasidan rasmiy munosabat.

“ПРЕЗИДЕНТ ШАВКАТ МИРЗИЁЕВГА ЕТИБ БОРСИН БУ ВИДЕО АСФАЛЬТ ВА МАХАЛА ПУЛИ КАЕРГА КЕТГАНИНИ БИЛСИН” nomli video lavha yuzasidan rasmiy munosabat.

27 февраль 2023 йил
235
0

 Ushbu video lavhada Jizzax viloyati Zarbdor tumani Toshkesgan MFYda tasvirga olingan bo‘lib, mahalla 2017-yil Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan Zomin tumanidan Zarbdor tumaniga o‘tkazilgan. 2018-yil “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan bo‘lib, dastur rejasidagi ishlar to‘liq yakunlangan. Mahalladagi mavjud tuproq yo‘llar dastur davomida va dasturdan tashqari hashar yo‘li bilan to‘liq shag‘allashtirilgan. 

Lavhada ko‘rsatilgan mahallaga kirish qismidagi yo‘llar yillar davomida ob-havo ta’siri, ayniqsa bu yilgi qattiq sovuq natijasida chuqurlar paydo bo‘lgan.

Mahalla kirish qismidagi yo‘lning ikki tomoni fermer xo‘jaligi yerlari hisoblanadi. Lavhadagi chiqindilar ko‘rsatilgan joy fermer xo‘jaliklari tomonidan yerlarning melerativ holatini yaxshilash maqsadida mahalliy o‘g‘itlar to‘plangan.

Lavhadagi ayrim ko‘chalar dala yo‘llari hisoblanib, tuman mahallalaridagi asosiy ichki yo‘llar ta’mirlangandan so‘ng, dala yo‘llari ham rejaga asosan ta’mirlanishi belgilangan. 

 

Mahalladagi ichki yo‘llar kunlar ilib karerlardan shag‘al olishga ruxsat berilgandan so‘ng birinchi navbatda ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Zarbdor tuman hokimligi axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар