Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95

AMIR TEMUR

07 апрель 2023 йил
225
0

Amir Temur - dunyo tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk shaxs, O‘rta asrlarning eng mashhur afsonaviy qo‘mondoni, ulkan imperiya asoschisi, Temuriylar sulolasining bosh bo‘g‘ini, kuchli siyosatchi, hayoti davomida biror marta bo‘lsa ham raqibga yengilmagan buyuk sarkarda.
Amir Temur Shahrisabz yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida Barlos beklaridan Muhammad Tarag‘ay oilasida 1336-yil 9-aprelda (hijriy 736-yil 25-sha’bon seshanba) dunyoga kelgan. 

 

Mamlakatimizda 9-aprel Amir Temurning tavallud topgan kuni keng nishonlanadi. Sana munosabati bilan butun yurtimizda bo‘lgani kabi Zarbdor tumanidagi barcha ta'lim muassasalarida ham bir qator madaniy-ma‘rifiy tadbirlar hamda sport musobaqalari bo‘lib o'tdi.
Jumladan, tuman markazidagi 9-sonli umumta'lim maktabida "Amir Temur buyuk shaxs" mavzusida bo‘lib o‘tgan tadbir davomida o‘quvchi yoshlar tomonidan buyuk sarkarda hayot yo‘lini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari ijro etildi. 

Tadbirning ikkinchi qismi maktabning sport o'yingohida tashkil etilgan "Kuch adolatdadir" shiori ostidagi sport musobaqalari bilan davom etdi. Musobaqa davomida maktab o'quvchilaridan tarkib topgan 6 ta jamoa 4 ta shart bo‘yicha o'zaro kuch sinashdi.
Tadbirning yakuniy qismida faol qatnashgan o‘quvchilar Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Zarbdor tuman bo'linmasi hamda maktab ma'muriyati tomonidan munosib taqdirlandi.

O'zbekiston Davlat Jahon tillari Unversiteti talabasi,

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi

Zarbdor tuman bo'linmasi amaliyotchisi

Isroilova Madina

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар