“Ibratli oila” ko‘rik tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi
“Odam baxtliman deyishga qanchalik haqqi bor? Agar oilang bilan sen baxtli boʻlsang, baxtliman deyishga haqqing bor! Faqat oilam emas, xalqim baxtli boʻlsa men oʻzimni baxtli deb bilaman” - Shavkat Mirziyoyev
15 may "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi" ko‘rik tanlovining Zarbdor tumani bosqichi o‘tkazildi. Ushbu tadbirdan asosiy maqsad oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi mas’uliyatini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashdan iboratdir.
Mamlakatimizda oilaning mustahkam bo‘lishiga, uning tarbiyaviy imkoniyatini oshirishga katta ahamiyat berilmoqda.
Zero, oila hayotning abadiyligini avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan shu bilan birga kelajak nasllarni munosib insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan muhim hayotiy qadriyatdir.